AQSHni
titratgan
O'ZBEKISTONLIK AYOL
Uning ismi... Yo'q, boshidayoq
ismini aytsam aniqki u kim o'zi
degan savol qalqib chiqadi.
Shaxsan o'zim xam u haqida
o'tgan yilning noyabrida
eshitdim. Dunyoning eng
mashxur ijtimoiy tarmog'i
facebookdagi sahifamda
Germaniyalik bir talaba qiz bilan
tanishdim. Uncha bilmasamda
lekin harakat qilib u bilan
inglizchada suxbatlashdik. Bir
payt u menga savol berdi. Bizdan
yani nemslardan chiqqan qaysi
mashxur odamni taniysan?
Savoliga javob berdim. Gitlerdan
tortib mashxur nems
sportchilarigacha sanab berdim.
So'ng undan so'radim. Senchi?
O'zing O'zbekistondan chiqqan
qaysi mashxur odamni taniysan?
Undan quyidagi javob keldi. Men
2 ta odamni taniyman. Bular,
futbol referisi Ravshan Ermatov
va rok yulduzi Nargiz Zokirova.
Uning javobidan hayratda
qoldim. Nargiz Zokirova kim o'zi?
U nega mashxur? Bu savolni
boyagi nems qizga bersam
uyatga qolaman. Boisi o'z yurtim
yulduzi kimligini qanaqasiga
nemsdan so'rayman? Yer
yorilsayu yer tagiga kirib
ketsam. Sharmanda! Darxol
qidiruv saytlaridan Nargiz
Zokirova kim degan savolga
javob olishga kirishdim.
Aniqlashlarim shuni ko'rsatdi.
Xonanda 1971-yil Toshkentda
san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U
taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr
va kino aktyori, O‘zbekiston xalq
artisti Karim Zokirovning
nabirasi. Farrux Zokirovning
jiyani. Nargiz 14 yoshida
Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida
qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek
estradasida ijod qila boshlagan.
90-yillarda ishlangan VODILLIK
KELIN filmida SEN KETARSAN deb
nomlangan soundtrakni ham
aynan Nargiz Zokirova kuylagan!
1995-yilda u AQShga ko‘chib
ketgan va Nyu Yorkdagi
klublarda qo'shiq aytib yurgan.
Oradan vaqt o'tib Nargiz
Zokirova Nyu Yorkning mashxur
produsserlarining nigoxiga
tushib qoladi. Shundan so'ng
Zokirova honimning yulduzli
onlari boshlandi. AQSHda u
ko'plab audi albomlar chiqaradi.
Xullas u haqida bu malumotlarni
o'qib unga hurmatim oshdi.
So'ng o'zim uning ijodini kuzatib
bordim. Amerikada katta shov
shuvga va hurmatga sazovor
bo'lsa ham bundan qoniqmagan
rok honanda yevropaga
Rossiyaga yo'l oladi. Rossiyaning
perviy kanali bilan hamkorlikda
o'tkaziladigan eng yirik musiqiy
tadbir GOLOS loyixasida Nargiz
Zokirova ham o'zini sinab
ko'radi. Butun dunyodan tashrif
buyurgan 11000 dan ziyod
honandadan 150 tasi saralab
olindi. Muxlisu mutaxasislarning
olqishiga sazovor bo'lgan
NARGIZ ZOKIROVA finalgacha
yetib bordi va faxrli ikkinchi
o'rinni oldi. E'tibor bering biz
O'zbekistonliklar deyarli
tanimaydigan yurtdoshimiz 11
mingta honanda ichida ikkinchi
o'rinni oldi. Mashxur odamlar
haqida ma'lumot beruvchi
WIKIPEDIA ning ruscha
talqinining habariga ko'ra dekabr
oyida eng ko'p poisk berib
qidirilgan shaxs bu NARGIZ
ZOKIROVA ekan. Uni haftasiga
wikipediadan kamida 250
mingta rus qidirarkan. Endi uning
o'zi haqida. U o'zgacha imijga
ega. Badanining teng yarmi
tatirovkalar bilan qoplangan.
Sochini qirtishlatib oldirgan.
Uning bu imiji ko'p maydagap
odamlar uchun rosa tanqid
vazifasini o'tasa ne ajab. BU
O'ZBEKCHILIKKA ZID, BU
DINIMIZGA XILOF va boshqa
gaplar ham bo'lishi tabiy. Lekin
avvalo bir narsaga e'tibor
beraylik. Nargiz Zokirova
majusiydir! Buni ko'p
intervyularida o'qidim. Tog'alari
esa Buxorolik Yaxudiylardan
bo'lgan. Demakki uning imijini
muxokama qilgani bizni
haqqimiz yo'q. O'zbekistonda har
bir dinning, millat va elatning
udumlari hurmat qilinadi. O'tgan
yili Indoneziyada o'tgan DUNYO
GO'ZALI tanlovida ilk bor o'zbek
qizi Raxima G'aniyeva
qatnashganda ham hamma unga
tosh otgandi. Nima bizni
O'zbekistondan bironta top
darajadagi yulduz chiqmasligi
kerakmi? Qachongacha g'iybatu
fisqu fasot qilib o'zimizdan
chiqqan nixolni quritishga
urinamiz! Omadini bersin degan
odamni esa juda kam uchratamiz.
Qo'shni davlatlar, sobiq MDX
(SNG) davlatlari esa NARGIZ
ZOKIROVA bilan faxrlanyabdi,
bizning qo'shnimiz deya
g'ururlanyabdi! Tasavur qiling
agar tojik, qirg'iz, arman,
turkman yoki azarbayjonlik
honanda GOLOS da finalga
chiqqanda unga haykal
qo'yishardi. Xullas bor gap shu.
Kim nima desa ham men Nargiz
Zokirova ijodiga muxlislik
qilaman. Uning shaxsiy hayoti va
imiji bilan meni ishim yo'q! Bu
uni ishi. Aytgancha Nargiz
mashxur qo'shiqchi va bastakor
Ruslan Sharipovning birinchi
turmush o'rtog'idir. Yana bir
fakt, Kumush Razzoqovaning
UNUTMA MENI qo'shig'ini ilk bor
NARGIZ ZOKIROVA kuylagan. Men
sizlarni Nargiz Zokirovaga
muxlislik qiling deb undamoqchi
emasman. Aslo. Bu sizning
ishingiz. Faqat Germaniyalik
talaba oldida uyalib qolganimni
inobatga olib, siz ham Nargizni
tanib oling demoqchiman holos.
Rossiyada mexnat safarida
yurgan yurtdoshlarimizga esa
uni tanishtirishning xojati yo'q!
Chunki rus tv lari Nargizdan
bo'shamiydi.
AMERIKAdan so'ng YEVROPAGA
dadil qadam tashlagan
honandaga faqat omad tilayman.
MENGA DESA AFRIKAGA XAM
BORSIN! Chunki u jaxon shou
biznesidagi eng zo'r
O'zbekistonlik
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев