Agar dunyo ahlidan bir kishi qo‘lini unga bir botirib olsa, butun dunyo uning xush bo‘yini topadi".
"Bas, bahslashguvchi kishilar (mana shunday mangu ne’matga yetish yo‘lida dunyoda solih amallar bilan) baxslashsinlar" (Muttaffifun, 26).
"U mayning mizoji-aralashmasi tasnimdir. (Tasnim Allohning) muqarrab (yaqin) (banda)lari ichadigan bir chashmadir" (Mutaffifun, 27 — 28). Qatoda aytadi: "Undan muqarrab (yaqin) bandalar sof holda ichadilar va qolgan jannat ahllariga esa aralashtirib beriladi". Tasnim jannatdagi maylarning eng sharaflisi. U lug‘atda "baland" degan ma’noni bildiradi. Tasnim yuqoridan pastga qarab oqadigan chashmadir.
Chashmalar muqarrablarga sharaf bo‘lish uchun yuqoriga ko‘tarib qo‘yilgan, hatto Arshning ostidan oqadi. Ali r.a.rivoyat qilgan hadis ham tasdiqlaydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Jannatda to‘rt chashma bor. Ikkitasi Arshning ostidan oqadi. Alloh taolo shunday zikr qilgan: "Ular u (chashmani o‘zlari xohlagan joydan) chiqazib-oqizib olurlar" (Inson, 6). Ikkinchisi "tinmay otilib turguvchi ikki chashma"dir (Rahmon, 66). Yana ikki chashma Arshning yuqorisidan oqadi. Biri Alloh zikr qilgan "salsabil", ikkinchisi "tasnim"dir".
Qur’on shunday zikr qilgan. Ya’ni, muqarrablarga tasnim, abrorlarga kofur, ahli jannatga zanjabil. Shuningdek abrorlarga aralashma bo‘lgani muqarrablarga sof holda, abrorlarga sof holda bo‘lgani ahli jannatga aralashma bo‘ladi.
Abrorlar — yaxshilar, sodiqlar, rostgo‘ylardir. Muqarrablar —yaqinlar, siddiqlar, o‘ta haqiqatgo‘ylar, Allohning yaqin bandalaridir.
Hasan aytadilar: "Jannatning mayi sutdan oq, asaldan shirinroqdir".
"Ularga oqar chashmadan ichuvchilar uchun lazzat bo‘lgan oppoq (sharob) kosalari aylantirilib turilur" (Vas-soffot, 45 — 46).
"Yana ularning oldilarida ko‘zlarini (begonalarga qarashdan) tiyuvchi, go‘yo yashirib qo‘yilgan(oppoq) tuxumdek (pokiza, zahalanmagan) ohu ko‘zlar bo‘lur"(Vas-soffot, 48). Ya’ni, ko‘zlarini boshqalarga qarashdan tiyib, faqatgina erlariga qaraydilar.
Ibn Zayd aytadi: "U ohu ko‘zlar erlariga: "Allohimning izzatiga qasamki, jannatda sendan go‘zalroq hech narsa ko‘rmayapman", deydi.
Hasan va ibn Zayd aytadilar: "U ohu ko‘zlar tuyaqush o‘z patlari bilan shamol va g‘ubordan berkitib saqlab turgan tuxumiga o‘xshatildi. U tuxum oqlikda juda ham oppoq va bu ayollar ranglarining eng go‘zalidir".
Ba’zilar: "Oqlikdan murod marvariddir, chunki Alloh taolo "Yana (ular uchun) xuddi yashirib qo‘yilgan marvarid misol ohu ko‘z hurlar bordir" (Voqea, 22), degan", deydilar.
"U (jannat)larda xushxulq va go‘zal yuzli (ayol)lar bordir" (Rahmon, 70), oyati haqida Said ibn Abu Omir aytadi: "Agar jannatdagi xushxulq go‘zallardan bittasi osmondan ko‘rinsa, osmonni yorishtirib yuboradi va yuzining nuri quyosh va oydan yorig keladi, uning yopinchig‘i dunyo va undagi barcha narsadan yaxshidir".
Agarda Alloh taolo ularni xushxulq, go‘zal, deb sifatlayotgan ekan, kim yana ularni ta’riflab bera oladi, kim tasavvur qiloladi?! Hech kim. Hakim Termiziy Alloh taoloning: "(Ular) chodirlarda asralgan hurlardir" (Rahmon, 72), oyati haqida shunday deydi: "Rivoyatlarda kelishicha, rahmat tomchilaridan yaralgan bulut Arshdan turib yomg‘ir yog‘adi. So‘ng har bir hurga anhorlar bo‘yida kengligi qirq mil bo‘lgan chodirlar quriladi. Bu chodirlarda birorta eshik bo‘lmaydi. Qachon Allohning do‘sti jannatga kirsa, farishtalaru xizmatchilarning birortasining ko‘zi ularga tushmaganligi bildirishi uchun chodirlar uning ko‘zi o‘ngidan ochiladi. Darhaqiqat, ular maxluqlarning ko‘zlaridan berkitilgandirlar".
Doruqutniy "Madih" nomli kitobida Mu’tamar ibn Sulaymondan zikr qiladi: "Jannatda bokira joriyalarni o‘stiradigan daryo bor".
Hakim Termiziy "Rafraf" haqida aytadi: "Agar unga sohibi chiqsa, xuddi belanchak kabi o‘ngu chapga, pastu yuqoriga tebranadi. Sohibi ayollari bilan, ular bu bilan lazzat oladi. Qachon "rafraf"lariga minsalar, Isrofil alayhissalom zikr va madh bilan kuy qila boshlaydi. Xabarlarda rivoyat qilinishicha Allohning maxluqlari ichida Isrofildan ham ovozi chiroyliroq biror jonzot yo‘q. Agar u zikru madhni boshlasa, yetti osmon ahli salotu tasbehlaridan to‘xtaydi. Agar yana "rafraf"ga o‘tirsalar, Isrofil alayhissalom yana turli kuylar bilan Alloh taologa zikru tasbeh ayta boshlaydi. Shunda jannatda birorta daraxt qolmay, barchasi gullaydi, birorta parda-yu eshik qolmay, hammasi tebranadi va ochiladi, birorta eshik halqasi qolmay, barchasi turli-tuman ovozlar bilan jaranglaydi, birorta hur joriya qolmay, barchasi kuyga jo‘r bo‘ladi, qushlar ham kuylari bilan qo‘shiladi. Alloh taboraka va taolo farishtalarga: "Ularga javob qaytaringlar va dunyoda shaytonning musiqalaridan quloqlarini saqlagan bandalarimga eshittiringlar", deb buyuradi. Bas, farishtalar kuylari va ruhoniy-qorilarning ovozlari bilan javob beradilar. Shunda ikki tarafning ovozlari aralashib, bitta yaxlit larzaga aylanadi. So‘ng Alloh azza va jalla: "Ey Dovud, Arsh oldida turib meni ulug‘la", deydi. Dovud alayhissalom barcha ovozlarni jamlovchi va yana ravshanlantiruvchi ovoz bilan Parvardigorni ulug‘lay boshlaydilar, bu bilan lazzat yanada ziyoda bo‘laveradi":
Yahyo ibn Abu Kasir "Bas, ular (jannat) bog‘ida shodlanurlar" (Rum, 15), oyati haqida: "Ular zikr va tasbeh bilan aytiladigan kuy ichida shodlanurlar", deydi.
Yana ular" go‘zal gilamlar" (Rahmon, 76), "Tizib qo‘yilgan yostiqlar" (G’oshia, 15) ustida yastangan hollarida o‘ltirurlar.
."O’ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir" (Voqea, 27). Peshqadamlardan boshqa barcha jannat ahli o‘ng tomon egalaridir.
Ular "tikansiz butazorlarda, tizilgan bananzorlarda" (Voqea, 28—29)ne’matlanadilar.
Mufassirlar aytadilar: "Bu banan daraxtidir. Uni arablar rangi yashilligi uchun go‘zal daraxt hisoblashadi. Bu oyatda bananni aynan zikr qilib xoslagani shundaki, qurayshiliklar butazor va banan daraxtining soyasi ko‘pligi va ko‘kalamzorligi uchun juda ham qiziqishar va yaxshi ko‘rishar edi. Shuning uchun ularga yoqtirgan narsalariga o‘xshashi bilan xitob etildi va va’da qilindi. "Va ular uchun jannatda pokiza juftlar bordir. U zotlar jannatda abadiy qolajaklar" (Baqara, 25). Ya’ni, u juftlar bavl, balg‘am, tuflash, maniy va tug‘ishdan pokdir hamda ular u yerda abadiydirlar, u yerdan chiqish yo‘q. Bu gapni Mujohid aytgan.
"So‘rilar ustida bir-birlariga ro‘rabo‘ o‘tirgan hollarida izzat-ikrom ko‘rguvchidirlar" (Vas-soffat, 44), oyati haqida Mujohid aytadi: "Ya’ni, biri birining orqasidan g‘araz bilan qaramaydi". Ba’zilar: "Oilasi bilan qanday xohlasalar, shunday aylanadilar, hech kim bir-birining orqasiga qaramaydi", deyishgan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1