Ibn Vahb zikr qiladi: Ibn Mas’ud aytdilar: "Jumaga shoshilinglar, chunki Alloh jannat ahliga har juma ko‘rinadi. Vollohi a'lam. Ibn Muborak aytadilar: "Dunyoda jumaga qanchalik shoshgan bo‘lsalar, qiyomatda Allohga shunchalik yaqin bo‘ladilar".
Hasan Alloh taoloning mazkur oyati haqida shunday deydi: "Qo‘shimcha ne’mat Allohning jamoliga qarashdir. Jannat ahliga juma kunidan ham sevimliroq kun yo‘q. Chunki ular u kunda Allohni ko‘radi".
Ba’zilar: "Qo‘shimcha izzat-ikromdan murod hurlarning ularga nikohlab berilishidir", deydi. Kasir ibn Murradan zikr qilinadi: "Qo‘shimcha izzat-ikromlardan biri shuki,
jannat ahlining ustidan bulut o‘tadi va: "Sizlarga nima yog‘dirilishini xohlaysizlar?" deydi. Ular nimani xohlasalar, o‘sha zahoti shu narsa yog‘adi". Xolid aytdi: "Kasir: "Agar Alloh meni shu kunga yetkazsa, osmondan bizga ziynatli go‘zal joriyalarni yog‘dirishini so‘ragan bo‘lur edim", dedi".
Ibn Amrdan rivoyat qilingan hadisda: "Allohga eng mukarram bo‘lgan kishi Allohga ertayu kech tikilib o‘tiradi", deyilgan. Bu xabar jannat ahli Alloh taoloni ko‘rishda turlicha bo‘lishlariga dalolat qiladi.
Darhaqiqat, Abu Yazid Bastomiy: aytadiki: "Alloh taoloning shunday bandalari borki, agar jannatda Alloh taoloni bir lahza ko‘rmasalar, jannat va uning ne’matlaridan (qutilishga) yordam so‘raydilar, xuddi do‘zax ahli do‘zax azobidan (qutilishga) yordam so‘raganlaridek".Albatta Alloh bilguvchirog.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев