" KALIMASI EKANI HAQIDA.
Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U menga: "Ey Muhammad(s.a.v.), ummatingga mendan salom yo‘lla va ularga xabar berginki, jannatning tuproqlari xushbo‘y, suvlari shirindir. U bir tekislikki, unga ko‘chat o‘tqazish "subhonallohi val hamdu lillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar"dir", dedi" (Termiziy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu daraxt ekayotganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘tib qoldilar va: "Ey Abu Hurayra, nima ekyapsan?" deb so‘radilar. "Ko‘chat", dedilar. U zot: "Bundan ham yaxshiroq ko‘chatni o‘rgataymi? U "subhonallohi, valhamdu lillahi, va laa ilaha illallohu vallohu akbar"dir. Bu kalimaning har biri uchun senga jannatda bir daraxt ekiladi", dedilar (Ibn Moja rivoyati).
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kim "subhonallohil ‘aziym va bihamdih", desa, unga jannatda bir xurmo ekiladi" (Termiziy rivoyati).Alloh bilguvchirog.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев