Предыдущая публикация
Hafa bo'lma OPAjon Olloh senga qiz bersa.
Ayolingni ranjitma, Qaynonanga baqirma,
Suyunchini ayama Olloh senga qiz bersa.
Mehribonroq o'g'ildan, Dadamas,der DADAJON,
Choy icharsan qo'lidan Olloh senga qiz bersa.
Qilgin yaxshi tarbiyat, O'rgat namoz,ibodat,
Sajda qil,qilgin toqat Olloh senga qiz bersa.
O'ssa bo'lib soliha, Misli Oisha,Fotima,
Topshir solih qo'liga Olloh senga qiz bersa.
Derlar:o'sha oxir kun Yetmay qolsa savobing,
Berarkan ajrin qizing Olloh senga qiz bersa.
Bermasa ne qilarding, Tirnoqqa zor bo'larding,
Ko'p isyonkor bo'lmagin Olloh senga qiz bersa!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев