Men dushman yoki terorist emasman. Bolalar o'yingohini minalar bilan ko'mdingiz, bolalar bog'chasini portlatdingiz nega? Amaki, siz fashitmisiz? Osmondan o'z yurtimga qarab faqat qora tutunni ko'ryapman. Har yerda sovuq o'lim shamoli kezmoqta. Ayting nega meni o'ldirdingiz? Oyijonim tug'ilgan kunimga yangi ko'ylak olib bergandilar. 6 - iyul endi sakkiz yoshga to'lgandim. Ahir men hammani chin yurakdan sevgandimku? Sizlar miltiqdan o'q uza boshladinglar. Boshida chidab bo'lmas og'riq sezdim. Qorong'ulik... Bechora dod solayotgan onamga achindim. Qo'g'irchog'im va sakrog'ichim qonimga belandi. Amaki, siz va sizdakalarga jannat xarom qilingan. Menku sizni kechirdim lekin maktabimni va sinfdoshlarimni qumsayapman. Bu yerda bizga hech kim o'q uzmaydi, bu yerlar tinch. Men ortiq og'riq sezmayapman lekin oyijonim azobda tinmay sizlarni qarg'ab yig'lamoqdalar...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1