Hamma bir-biri bilan urushgan, talashgan. Har xil ig'vogar so'zlar, har xil behayo so'zlar, rasmlar-u videolar liq to'la. Har uchinchi bola qiz bola nomidan profil ochib har xil beadab statuslar yozgan. Kimdurlar bir payt aloqada bo'lgan qizlari (yigitlari)ni sur'atlarini qo'yib, men palonchiman, men pismadonchiman, deb nomiga xunuk so'z yozib o'zicha qasd olgan. Soxta din taqvolari ham afsuski yo'q emas. Bu nima degan gap "ALLOHNI SEVSANG KLASS BOS!", "KIM MUSULMON BO'LSA KLASS BOSSIN" nima klass bosmaganlar musulmonlikdan chiqib qoladimi yo'ki ular Allohni yomon ko'rgan bo'ladimi? Qizig'-a? Bu hol faqat profil egalarida bo'lsagineydi afsuski ayrim shunday noqobil guruxlar ham yo'q emas. Ayrim desam balki adasharman chunki bunday guruxlar kundan-kunga ko'paymoqda. Bir guruxga ko'zim tushdi "TOSHKENTLI BO'LSEN BIZGA QO'SHIL" qiziqib men ham a'zo bo'ldim, bo'ldimu xayratdan yoqa ushladim. Kun-u tun toshkentliklar bilan viloyatliklar bir-birini so'kgan, bir-biriga past nazarda qarab odam ajratishga borgan xech kim, ey bo'ldi qo'yaylik yaxshisi do'st bo'laylik, deyayotgani yo'q. Onasiyam qomagan so'kilgan qarindosh urug'iyam. Shu endi yaxshimi biroz o'ylab ko'raylik shuni do'stlar... Uyam mayli desam tuxmat gap bilan guruxlariga odam yig'ayotganlaram ancha-muncha ko'payib ketmoqda. Palonchi ko'llejning qizlarini bexayo rasmlari, pismadonchi artistning sharmanda bo'lgan holatimi-ey taniqli insonlardan biri o'ldi guvoxi bo'lish uchun bizning guruxga qo'shilingmush. Kollej qizlarining yalang'och rasmlari va videolari degan guruxga bossangiz "Onajon" degan guruxga duch kelasiz. U yerda onalarimiz haqida shunday chiroyli shunday ibratli so'zlar yozilganki o'qib onalarimizga bo'lgan mehrimiz yanayam oshadi. Lekin shunday ma'noli guruxga shunaqa noqobil yo'l bilan odamlarni yig'ish yaxshimi? Bunday yo'l bilan yig'ilgan odamlar sonini ko'rib to'risi achchig'im chiqdi. 50000 dan ziyod odam a'zo bo'lgan. Nima ibrat olsa bo'ladigan guruxlar odamlarni endi qiziqtirmay qo'ydimi shunchalar? U guruxlarni kuzatib o'zimni guruximdan to'g'risi ko'nglim qoldi. Lekin orangizda shu gaplardan o'ziga ozgina bo'lsa ham ibrat oladigan xech bo'lmasa bitta inson bo'sayam men xursandman. Gaplarim og'ir botgan bo'lsa ming bor uzur men hech kimni yomonlash yoki yer qilish niyatim yo'q men shunchaki chekadan turib kuzatib o'z fikrimni ayttim xalos ...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 30