Prezervativ va vaginal qalpoqchalar qo‘llash.Prezervativlar ko‘pincha latersdan ishlangan bo‘lib, ayol qiniga spermatozoid kirishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari prezervativ qo‘llash yordamida jinsiy a`zolar orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar (OITS, zahm, so`zak)ning yuqishini oldi olinadi.
Vaginal qalpoqchalar rezinadan tayyorlangan bo‘lib, jinsiy yaqinlashuvdan oldin qinga kiritiladi.
Biologik usullar:
-birinchi turi-hayz ko`rish siklining davomiyligini hisobga olgan holda homilador bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan kunlarni aniqlab, shu kunlar jinsiy aloqa qilmaslik. Masalan, har 28 kunda hayz ko‘ruvchi ayollarda, homilador bo`lish ehtimoli yuqori bo‘lgan kunlar hayz ko‘rish tuxtagandan keyin 11-17 kunlar hisoblanadi. Shu kunlar jinsiy aloqa to`xtatilishi kerak;
-ikkinchi turi- bola emzishdir.Bola emizish davrida tuxumdon funksiyasi susayadi, yetilgan tuxum hujayralar tuxum yo`liga o`tmaydi. Bu bilan urug`lanishning oldi olinadi;
-uchinchi turi- jinsiy aloqani vaqtidan oldin to‘xtatishdir.
Yuqorida aytilgan biologik usullar yordamida rejalashtirilmagan homiladorlikni paydo bo‘lish ehtimoli 75-80 foizga kamayadi.
Spermitsid vositalar– krem, g‘alvirak, ko‘pik hosil qiluvchi tabletkalar, tampon, jele shaklidagi moddalar jinsiy aloqadan 10-15 daqiqa oldin qinga kiritiladi.
Bachadon ichiga ilgak (spiral) qo‘yish usuli.Bu akusher-ginekolog shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
Homiladorlikni oldini olishning gormonal usuli.Bunda ayollar tuxumdonida ishlab chiqariladigan esteregon va preogesteron gormonlarini sintetik usulda tayyorlangan tabletkalarini ayol qabul qiladi. Bular ta`sirida hayz sikli oralig`ida tuxumdonida gormon ishlab chiqarilishi to‘xtaydi.Natijada tuxum hujayralari etilmaydi (ovulyatsiya ro‘y bermaydi). Bu usulning samaradorligi qariyb 100 % ni tashkil etadi.
Gormonni in`eksiya usulida qo` llash.Bu usulda sintetik usulda ishlab chiqarilgan gormonal moddalar ayol dumba sohasi mushaklari orasiga yuboriladi. Natijada ovulyatsiya jarayoni to‘xtab, homiladorlikning oldi olinadi.Bu moddalar 2-3 oyda bir marta yuboriladi. Bu usulning samarasi yuqori.
Jarrohlik usuli.Bu usulda ayol bachadoni naylari jarrohlik usulida berkitib qo‘ yiladi.Bu usul ayol (oila) uchun homilador bo`lishning mutloq zaruriyati bo`lmagan hollarda qo`llanadi.
Teri osti implantanti.Levonorestrol moddasidan iborat 2-6 ta silikonli kapsula, ayolning yelka sohasi teri ostiga kiritib tikib qo`yiladi.
Yuspe usuli.Jinsiy aloqadan keyin uch kundan kechiktirmasdan ayol gormon moddasini qabul qilishi kerak.
Hayz keltiruvchi dori vositalari.Bular Rn-486 antiprogesteron ta`siriga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, ayolda hayz keltirish xususiyati yordamida istalmagan homiladorlikning oldini olishga yordam beradi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 36