Homila- ona qornida 2-oyning oxiridan (9-hafta) boshlab tug’ilishvaqtigacha (40-hafta) rivojlanayotgan pusht (embrion). 9-haftada homila inson qiyofasiga kiradi. Bu davrda homilaning boshi, ko’zi, burni, og’zi, tanasi, qo’l-oyoqlari aniq bo’ladi. Bir akusher oyida (28-kun)da homila tuxumidan pusht va uning pardasi rivojlanib, homila shakllana boshlaydi. Ikkinchi oyning oxirida homilaning bo’yi 3,5 sm, vazni 4 gramm; uchinchi oyning so’nggida homilaning bo’yi 8-9 sm, vazni 40 grammcha bo’lib, boshi kattalashadi, jinsi shakllanadi, qo’l-oyoq harakatlari sust bo’ladi. To’rtinchi oyning oxiriga kelib homilaning bo’yi 16 sm, vazni 120 grammga yetadi, qo’l-oyoq harakatlari faollashadi, lekin hali onaga sezilmaydi, jinsi aniqlashadi. Homila besh oylik bo’lganida bo’yi 24-26 sm, vazni 280-300 gramm, terisi nozik, qip-qizil badani mayin tuk bilan qoplanadi; harakatlari onaga sezila boshlaydi. Ona qorniga quloq tutilganida homilaning yuragi urayotganligi bilinadi. Oltinchi oyning oxirida homila serharakat bo’lib, bo’yi 30 sm, vazni 600-700 grammga yetadi.Yettinchi oyning so’nggida homilaning bo’yi 35 sm, vazni 1000-1200 grammgacha yetadi; bu davrda homila tug’ilishi mumkin, lekin bu tug’ish chala hisoblanadi. Agar bola maxsus parvarish qilinsa, u holda yashab ketishi mumkin. Sakkiz oylikda homilaning bo’yi 40 sm, vazni 1500-1600 grammcha keladi. 9-oyning oxirida homilaning bo’yi 45 sm, vazni 2400-2500 grammgacha yetadi, teri osti yog’ qavati qalinlashadi, badanidagi tuklar kamayib, terisi sillilashadi, pushti rangga kiradi, sochlari uzayadi. O’ninchi oy oxirida (to’qqiz calendar oyiga to’g’ri keladi) homila yetilib tug’iladi, bo’yi 50 sm, vazni 3200-3500 grammcha bo’ladi. Homilataraqqiyotining o’ziga xosligi uning ona qornida bo’lishi bilan ifodalanadi; unda bosh miya po’stlog’Ito’la-to’kis taraqqiy etmagan bo’lib, asosiy hayotiy funksiyalar (oziqlanish, nafas olish, ajratish) platsenta bilan uzviy bog’langan orqa miya orqali boshqariladi; platsenta homila bilan kindik orqali bog’langan. Homila ona organizmidano’zining o’sishi va rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar (oqsil, yog’, uglevodlar), tuz, suv,vitaminlar, shuningdek kislorodni qon tomirlar orqali olib, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan chiqindilarnichiqaradi. Shuning uchun ayrim kasalliklar (yurak poroklari, gipertoniya, qandli diabet, infeksion kasalliklar), noto’g’ri ovqatlanish, rejim buzulishi, atrof-muhitdagi
zararli omillar(ishlab chiqarishdagi zaharli moddalar, vibratsiya, nurlanish), ichkilik ichish, chekish natijasida platsenta funksiyasining buzulishi homilaning o’sishiga ayniqsa homiladorlikning dastlabki uchinchi oyida homila organlarining taraqqiyot davrida yomon ta’sir ko’rsatadi. Bu davrda homilaning o’sishida qator o’zgarish va nuqsonlar paydo bo’lishi, jumladan homila to’la yetilmasligi, u mahruh bo’lishi, o’lik tug’ilishi yoki o’z-o’zidan tushishi, shuningdek asfiksiya , kalla suyagining shikastlanib tug’ilish hollari uchrashi mumkin. Homiladorlikning to’rtinchi oyidan homilaning turli ta’sirotlarga nisbatan sezgirligi bir qadar pasayadi. Gigiena qoidalariga rioya qilish- ovqatlanish, mehnat qilish va dam olishni to’g’ri uyushtirish homilaning normal o’sishini ta’minlaydi, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kamchiliklarni (o’lik tug’ish, chilla davrida o’lish kabi) oldini olish imkonini beradi.
8-dan 16 haftagacha bo'lgan homilaningf rivojlanishi(sxematik tasvir): 1-8 haftalik; 2-9-haftalik; 3-10-haftalik; 4-11 haftalik; 5-16-haftalik (2,5 marta kichiklashtirilgan)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3