baxtli kunlarni
Sizni o'ylab o'tgan bedor
tunlarni.
Sog'indim. sog'inchim
ortiq aytolmam
Afsus, yoningizga endi
qaytolmam. Sog'indim.
Sog'inchdan g'ururim
ustun
G'urur sevgimizga yasadi
yakun.
Bilaman Siz-da meni
sog'inmoqdasiz
Dil to'lib, yig'lolmay,
o'rtanmoqdasiz.
Sog'indim. Bir bora
yuzingiz ko'rsam,
bir jur'at bo'lsa-yu,
holingiz so'rsam.
Lek g'urur qurg'urim aslo
yo'l qo'ymas
Sevinib sevishga bir imkon
bermas. Sog'indim.
Sog'inchim kimga aytayin?
Unutdim deb endi qanday
qaytayin?
Qandayin aytayin Sizga
sog'inchim,
Juda sog'inyapman Sizni
sog'inchim. Sog'indim.
sog'inchli shirin gaplarni
Sog'inib o'qiyman eski
xatlarni.
Siz yozgan xatlardan Sizni
izlayman
Afsus-la, alamdan o'zim
yig'layman. Bilaman
sog'inib Siz ham o'ylaysiz
Xato qildim deya o'zni
qiynaysiz.
Ammo g'ururingiz
sog'inchdan ustun
Go'zal sevgimizga aylagan
yakun
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев