Ona.. (Hayotiy hikoya...)
Oyi, biroz tobim yo'qroq,
bugun o'qishga borgim
kelmayapdi, - dedim ertalab
ishga ketayotgan onamga. -
Voy nima bo'ldi, qaering
og'riyapti? Kecha o'qishda
biroz sinf xonalarini tozalagan
edik, shunda urinib qoldim
shekilli. - Voy biram nozik-ey,
shu qizingiz, - gapni hazilga
burib qo'shildi opam, - darrov
urinib ham qolibdilar. -
Hechqisi yo'q, bugun biroz
dam olay ertaga tuzalib
qolaman, - dedim xavotirga
tushgan onamni tinchlantirish
uchun. Onam uzun
nasihatlaridan so'ng ishga,
opam esa o'qishga ketishdi.
Men esa goh kuchayib goh
tinayotgan og'riqqa e'tibor
bermay uylarni
saranjomlashga tushdim.
Ammo yaxshigina kasal
bo'lgan ekanman shekilli, bir
zumda charchab qoldim. Biroz
tin olishga o'rnimga yotdim.
Uxlab qolibman, tushimda
shunaqangi go'zal joylarda
yurgan emishmanki, naq
jannat deydi odam.
Uyg'onganimda tush sababmi
yoki boshqami o'zimni juda
yaxshi his qilardim. Kayfiyatim
ham ko'tarinki. Ammo bu
vaqtincha tuzalish ekanligi
keyin bilindi. Bir necha kun
o'tdi hamki, tuzalish o'rniga
kasalim kuchaya boshladi.
O'qishga umuman bora olmay
qoldim. Tez charchab, holdan
toyadigan, birpasda ko'zim
tinib ko'nglim behuzur
bo'ladigan bo'lib qoldi. Bundan
battar xavotirga tushgan
onam shifokorga ko'rinishim
kerakligini ta'kidlay boshladi. -
Oyi, nima qilasiz bosh og'riq
qilib, o'tib ketadi, qonim
kamayib ketgan bo'lsa kerak, -
deymanu, lekin o'zim ham
biroz qo'rqa boshladim.
Xavotirga tushganim bejiz
emas ekan. Qo'yarda qo'ymay
oyim doktorga olib bordilar,
turli analizlardan so'ng ham
kasalligim sababini bila
olishmadi. Endi kunim turli
kasalxonalar-u, analiz
topshirish bilan o'tadigan
bo'lib qoldi. - Opa, qonimni
analizga olaverib- olaverib
qoldirishmadi shekilli, -
deyman kulib. Oxir oqibat
tomografiyaga jo'natishdi.
Doktor tomografiyadan so'ng
onamga bir nimalar dediyu, -
Sizni xonamda kutaman, deb
xonasiga kirib ketdi. - Sen
uyga ketaver bolam,
charchading. Men doktor bilan
natijalar haqida gaplashib
olishim kerak ekan.
Ortlaringdan men ham
boraman, dedilar, ammo
ko'zlari xavotir uchqunlarini
yashira olmadi. Biroz
ko'nglimga xijillik kirdi.Yur,
ko'nglim ozib ketdi bu
kasalxonalar hididan, ketdik
endi, - opam shunday deya,
qo'llarimdan sudragudek qilib
olib ketdi. Uyga kelganimizga
bir necha soat bo'ldi, ammo
hali oyimdan darak yo'q.
Tinchlikmikin, nega
kelmayapdilar? Hayolimga har
xil be'mani fikrlar o'rmalay
boshladi. - Opa, oyim
kelmayapdilar? Tinchlikmikin
ishqilib? - Kelib qoladilar, nima
oyim kichkina bolamidiki...
ko'p xavotir olaverma. Shu
payt darvozadan oyim
ko'rindilar...
Давоми бор... Силка оркале боринг! Олдиндан рахмат.
Гурухимизга ташриф буюринг.
m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMediaThemeComments&st.themeId=62631435477133&st.groupId=50713897271437&_prevCmd=altGroupFeeds&tkn=247
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52036367614128&_prevCmd=userAltGroups&tkn=953
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев