"Borussiya"ga 2:4 hisobida
mag'lub bo'ldi Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final bosqichidan o'rin
olgan "Zenit" - "Borussiya"
bahsi o'z nihoyasiga yetdi va
unda germaniyaliklar g'alaba
qozonishga muvaffaq bo'lishdi. Yurgen Klopp shogirdlari
birinchi daqiqalardanoq
shiddatli hujumlar bilan
rossiyaliklarni shoshirib
qo'yishdi. Uchrashuvning 4-
daqiqasidayoq Mxitaryan "Borussiya"ni hisobda oldinga
olib chiqdi. Oradan bir daqiqa o'tib, Roys
Lodiginning darvozasini
ishg'ol qildi, 0:2. Mazkur ikki
goldan so'ng "Zenit" ham bir
nechta havfli hujumlar amalga
oshirdi, biroq birinchi bo'limda tomonlar boshqa gol
kiritishmadi. Ikkinchi bo'limning 57
daqiqasida Shatov oradagi
farqni bitta golgacha
qisqartirishga muvaffaq bo'ldi,
1:2. Ammo bu bahsni ajoyib
harakat qilgan Robert Levandovski golsiz tark eta
olmas edi, o'yinning 61
daqiqasida aynan polshalik
futbolchi o'z nomini tabloga
yozdirib qo'ydi, 3:1. 69
daqiqadagi Xalkning penaltidan kiritgan to'piga, 71
daqiqada yana Levandovski
javob qaytardi va yakuniy
hisobni o'rnatdi, 2:4
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
61 Levandovski, 2:3 – 69,
penalti Xalk, 2:4 – 71
Levandovski. Zenit – Lodigin, Anyukov (Smolnikov, 83), Netu,
Lomberts, Krishito, Vittsel,
Fayzulin (Kerjakov, 84), Xalk,
Shatov, Arshavin (Timoshuk,
15), Rondon. Borussiya D – Vaydenfeller, M. Fridrix, Shmeltser,
Papastatopulos, Pishchek, Kel,
Shaxin, Grosskroytts (Durm,
90), Mxitaryan (Obameyang,
70), Roys (Xofmann, 85),
Levandovski. Ogohlantirishlar: Anyukov (54), Pishchek (69), Fayzulin
(81).