Meni azoblarga
qoldirgan yorim,
Shirin jonimdan ham
to'ydirgan yorim,
Ishqning otash
olovida kuydirgan
yorim, Ayting endi
sizga yo'qmi
keragm.
Tunlarimni bedor
etib ketingiz,
Kunlarimni
mazmunsiz etib
ketingiz,
Muhabbatning yo'lida
tashlab ketingiz,
Ayting endi sizga
yo'qmi keragim.
Otashin sevgimni xor
ayladingiz,
Ko'zlarimni yo'lizga
zor ayladingiz,
Nechun yuragimga
ozor berdingiz,
Ayting endi sizga
yo'qmi keragim.
Qaniydi yomg'irga
aylanib qolsam,
Tunda derazangiz
oxista chertsam,
Shivirlab hayotim
sog'indim desam,
Ayting endi sizga
yo'qmi keragim.
Tunda oy edingiz
kunda quyoshim,
O'zingiz edingiz
yolg'iz sirdoshim,
Naxot vos kechdiz
ey bag'ritoshim,
Ayting endi sizga
yo'qmi keragim.
Savolarim ko'pu bari
javobsiz,
Yuragim sevgandi
mendan so'roqsiz,
Endi sisiz qoldim men
yolg'iz Ayting endi
sizga yo'qmi
keragim.
♥♥♥
♥♥


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев