Kim ahvolim so'raydi? Onajonim, onam-da, Unga ta'zim qilurman to jonim bor tanimda. Ishlar barorsiz bo'lib, tushkunlikka tushkanda, Do'stim xiyonat qilib, dushman toshlar otganda, Kim kuyunib yig'laydi? Onajonim, onam-da, Unga ta'zim qilurman, to jonim bor tanimda. Tashvishlardan toliqib, jonim xasta bo'lganda, Tunni bedor o'tkazib, duoni qilmay kanda, Kim umrlar so'raydi? Onajonim, onam-da, Unga ta'zim qilurman, to jonim bor tanimda. Yaxshi yomon kunlarning, guvohidir har banda, Eshigimdan baxt kirib, katta to'ylar qilganda, Kim shod bo'lib quvnaydi? Onajonim, onam-da. Unga ta'zim qilurman, to jonim bor tanimda. (Alisher Muqumov so'zi)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев