El nazlidan qolmagin
Bir kun afsus qilmagin
Xurmating bil xurmating
Birov berganda mexr
Sochmagin unga qaxr
Xayoting qilma taxr
Xurmating bil xurmating
Sof saqlagin bu dilni
Shunday ekan tiy tilni
Og'ritmagin kõngilni
Xurmating bil xurmating
Birovga tosh otmagin
Kõngilga tosh botmagin
Siri bõlsa sotmagin
Xurmating bil xurmating
Kimdur kõrsa kun zõrg'a
Berilmagin sen zõrga
Borarsan bir kun gõrga
Xurmating bil xurmating
Kimlar ketdi fikr qil
Ozroq tovba zikr qil
Bansadan õrningni bil
Xurmating bil xurmating
Xayot pastu balandur
Kim g'olib kim mag'lubdur
Bõlmagin qalb kõzi kõr
Xurmating bil xurmating
Ravon bõlsa xam yõling
Oyga yetsa xam qõling
Kaltaroq qilgin tiling
Xurmating bil xurmating
Ezozlasa shoshmagin
Kibirlanib toshmagin
Xaddingdan dõst oshmagin
Xurmating bil xurmating
Besh kun dunyo safari
Tõla xafu xatari
Õtkinchi unda bari
Xurmating bil xurmating
~~~~~~~~~~~~~~
Kerilmagin ey dõstim
Dunyosini moliga
Kerilganni kõrdikku
Ajal kuldi xoliga
~~~~~~~~~~~~~~~
She'r mu'allifi
Qobiljon Soliyev
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев