Dramma...
Boylikka ko'z suzib uzoq ketibman,
Otamni - Onamni yolg'izlatibman.
O'zga yurtda shox bo'lib bir zum,
Asli o'zim kimligimni
unutvoribman. Boyligim ko'p emas o'zimga yetar,
Ko'zlari yo'limda Onam zor kutar.
Omon bo'lgin bolam deb Dadam
ovutar,
Netay Ota-Onamni ko'zim sog'inar. Tunlarimda uyqu yo'q mana xozir
ham,
Tushlarimga kiradi rahmatli dadam.
Eh Otajon armonim ko'rolmaganim,
Dadajonim sog'indim sizni
sog'indim. Qayg'ular keladi boshimni silab,
Yolg'izlik beradi qo'limga qalam.
Yozsam yozaveraman dardlarim
sanab,
Lekin mag'zun yuragimga
topmadim malham. Oqib turar ko'zlarimdan alamli ko'z
yosh,
Bu yolg'izlikmas yuragimda
yig'laydi bardosh.
Qiynaldim bilmaydi buni xech
kimsa, Dardimni yashirib yuribman qalbga. Bir kun dardga chalindim axvolim
yomon,
Xech kim so'rab kelmadi
yolg'izman shu on.
Ey hudo o'lib qolsam jonsiz bu
tanam, Kim yerga ko'madi yo'qdir yaqinim. Ko'zlarim ochilmas qaltirar tanam,
Tunlari derazamda yonar bir
shag'am.
Darddan forig' bo'lolmay sovub
ketyapman,
Derazamdan qo'l cho'zdi yorug' bir odam. Tanamda issiqlik sezdim bir lahza,
Ko'zim ochsam turardi dadam
qarshimda.
Tushmi bu bilolmay termulib
qoldim,
Shu zaxoti qo'rqibon xushdan ayrildim. Erta tong uyg'onib esladim barin,
Derazam oldida so'ngan shag'amim.
Ketaman uyimga tinch yotolmayin,
Shoshildim Onamni ko'rgani bugun. Boylik Yordam bermas ekan
yolg'izligimda,
Yoki bag'rim isitmadi sovuq
bo'lganda.
Xolimni xech so'rab kelmas
odamlar, Meni tubanlikka boshlabdi xissiz
qog'ozlar. Unutmang do'stlarim pul kelib
ketar,
Ko'zlarimiz-qo'llarimiz hali ko'p
ko'rar.
Sog' omonsiz tubanlikka bosmangiz
qadam, Uzoqlarda meni kutar mehribon
Onam...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев