VOQEA "
Janobi payg'ambar hayit namozini
o'qib chiqayotganlarida ko'chani
chekkasida yerga qarab yig'lab
o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani
ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga
minib, ota-onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi.
Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga
bordilar va so'radilar:
- Nima uchun yig'laysan, ey bola?
- Men yetimman yo Rasululloh. Mening
otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q.
Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga
bosib, peshonasini silab:
- Yoshlikda men ham yetimlikda
o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni
sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan
so'radilar:
- Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni
hohlaysanmi?
- Albatta hohlayman. Men ham boshqa
bolalarga o'xshab o'ynashni hohlayman.
Rasulluloh bolani qo'llaridan ushlab,
uylariga olib bordilar va bolaga
dedilar:
- Men Muhammad s.a.v. sening otang
bo'lay. Oisha onang bo'lsin. Ali sening akang-u, Hasan-Husanlar ukang
bo'lsin. Fotima sening opang bo'lsin.
Bola xursand bo'ldi. Yuvintirib, biroz
narsa berib, qornilarini to'ydirgandan
keyin bola aytdi:
- Mening ham bolalarga o'xshab ko'chaga chiqiqb o'ynagim kelayapti.
Rasululloh bolani qo'llaridan ushlab
ko'chaga o'ynatgani olib chiqdilar.
Boshqa bolalarni ko'rgan haligi
norasida:
- Ey, otajon. Anavu bolalarni qarang, ularni ota-onalari tuyaga mindirib
qo'yibdilar. Mening ham ota-onam
bo'lganida tuyaga mindirardilar, - dedi.
Rasululloh muborak qo'llarini yerga
qo'yib, tizzalari bilan yurib, yetim
xursand bo'lsin deb Madina ko'chalarida yelkalariga mindirib
yurdilar. Bola yana atrofdagi
bolachalarga qarab:
- Yo Rasululloh, anu bolalarning
tuyalarining og'zida jilovi bor ekan.
Mening tuyamning jilovi yo'q-ku! - dedi. Rasululloh muborak sallalarining
peshini olib, og'zilaridan o'tkazib,
yelakalridan oshirib, bolaga berdilar. U
bo'lsa goh-gohida oyog'ini silkitib
qo'yardi, jilovni tortardi. Ba'zi
tuyalarning ovoz berib "aff-aff" dedydigan odati bor edi. Hali bola
Payg'mbar s.a.v.ga: - Ey, otajon, bularning tuyasini qarang,
ovoz berib, "aff-aff" deydi. Nega
meniki afflamaydi, - dedi. Shunda
Jabroil amin a.s. kelib:
- Yo, habibulloh! Alloh sizdan rozi
bo'ldi. Yetimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki,
"Jamiki ummatimni gunohini avf qil
deya ikki bor "aff-aff" deng. Habibimiz
s.a.v. ikki bor "avf-avf" deganlarida,
hazrat Jabroil aytdilar:
- Ey, Muhammad s.a.v. uchinchi avfni aytmang. Arshi a'lo larzaga tushdi.
Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев