bizani
qachon obketishga
kelasiz? -Mana
ketyapman jonim, bir
soatlarda yetib
boraman. Qizalog'imiz
yaxshimi a? -Hm,
uxlayapti. Mayli, tezroq
keling.-Xop böladi. Siz
nima desaiz shuda.
Ruxsora telefonni
öchirib belanchakda
maza qilib uxlab yotgan
bir xaftalik qizalog'iga
jilmayib qarab qoldi.
Keyin tug'ruqxona
derazasidan xovlidagi
chiroyli mashinada
tantana b-n uylariga
ketayotgan yosh er-
xotinlarga termulib qoldi.
Doston hali qizini
körmagandi. Ruxsorani
tölg'oq tutganida
Doston ish b-n xorijga
ketgandi. Bugun uchib
keldi. Ruxsora shularni
öylab qizalog'ining
shamollab qolmasligi u-n
derazani mahkamlab
yopib qöydi. Kravatiga
chözilib közi ilindi. Bir
soatlar ötgach eshik
taqilladi. Uyg'ongan
Ruxsora Doston
kelganini sezib eshikni
ochdi. Chindan
qarshisida eri turardi.
Körishishdi. "Mening
shirin qizalog'im qani a?
Uni tezroq köray"
shoshilardi Doston.
Belanchakda uxlayotgan
chaqaloqni sekin qöliga
oldi, peshonasidan öpib
qöydi. "Buni qara Ruxsor,
men ham ota böldim.
Qizimiz xuddi senga
öxsharkan, biram
chiroyli" Ruxsora
chetdan ularni kulib
kuzatib turardi. Keyin
telefoni jiringlab qoldi.
Singlisi ekan, uxlayotgan
qizchani uyg'otib
yubormaslik u-n
karidorga chiqdi: "Allo"
"Allo..opa..." "Ha,
eshitaman..." "Allo opa...
Yomon xabar..." "Nima
böldi? Gapirsangchi!"
"Pochcham...
Pochchamlarni
mashinalari avariya
bölibdi". "Hey, nimalar
deyapsan? Esing
joyidami?" "Ha, hozir
yarim soat oldin...
Kasalxona
yaqinida...pochcham
mashina ichida
bölganlar" "Yöq,
jinnimisan? Pochchang
shu yerda. Mana hozir
telefonni özlariga
bera...." Ichkariga kirgan
Ruxsoraning qölidan
telefon tushib ketdi.
Palatada Doston yöq
edi. Belanchakda qizaloq
sokin uxlab yotar, xona
derazasi esa lang ochiq
edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев