U Navoiy shahridagi 11-maktabni tamomladi. Maktabda o'qish bilan birga tadbirlarda qo'shiq ham kuylab turardi. Maktab davrida eng sevgan qo'shig'i bu Jasur Mirsagatovning "O xayot" qo'shig'i edi. Shu qo'shiqni juda mahorat bilan ijro etardi. Dilso'z maktabni tamomlagandan so'ng, Navoiydagi "Madaniyat va san'at kolleji"ning xor direjyorlik bo'limini tamomlaydi. Keyin esa xonanda Navoiy Pedagogika institutining "Pedagogika fakulteti"ning musiqiy ta'lim bo'limi talabasi bo'ldi. Shu bilan birga tinib-tinchimas Dilso'z qo'shiq kuylashni ham davom ettirmoqda. Uning TV va radioto'lqinlari orqali ko'plab qo'shiqlari namoyish etildi. Uning qo'shiqlari muhlislarga juda ham ma'qul bo'lib "Jonim ozori" va "Sevikli yorim" qo'shiqlari xit darajaga yetdi. Xonanda o'qish bilan bir vaqtning o'zida "New Star Media" markazida o'z faoliyatini olib bormoqda. Ishonamizki DILSO'Zni bundanda porloq kelajak kutib turibdi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев