Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik… Rayhon
hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni, Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat, Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing –
Onang seni Chiroyli tuqqan!.. Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan. O`zing ayt, Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun –
Kokillaridan?.. Iymanib
yashama
Xayol pinjida, Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida, Tuhmatga
chida,
Sen bittasan, axir, Yorug` olamda. Men esa
Oshig`ing sening –
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi. Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi. Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda. Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun. Barcha
farishtalar
Sening qalbingda
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев