deyishsa
botdimi deyman, Pardoz-andoz
bilan o'chdimi izlar. Surmalar
siringgiz sotdimi deyman,
Qishloqlardan chiqqan
shaharlik qizlar. Qaramay
yo'llarning baland-pastiga,
Orqada qolmay deb basma-
basiga, qadamlar tashlaysiz
shaharchasiga, Qishloqlardan
chiqqan shaharlik qizlar.
Kokillar qirqilib turmak qilindi,
Labdagi bo'yoqlar juda bilindi,
Chiroyli bo'lish ham ebi bilanda,
Qishloqlardan chiqqan
shaharlik qizlar. Yana nima
tusar ko'ngillaringgiz, Sizga
havas qilar singillaringgiz,
Yarashmay qoldimi
sepkillaringgiz, Qishloqlardan
chiqqan shaharlik qizlar. Axir
deyishsa ham Kumushni "andi",
Otabek jonidan ortiq sevgandi,
Sevsa boringgizcha sevsin
deymanda, Qishloqlardan
chiqqan shaharlik qizlar. Siz
menga singlimday, opamday
yaqin, Yuz emas ko'ngillar
bo'yalsin oqqa. Otanggiz
tanimay qolmasin tag'in,
Ko'ylak- poycha kiyib boring
qishloqqa. Qishloqlardan
chiqqan shaharlik qizlar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев