Qimor o'ynadimmi, qimori qursin,
yutqizgandan keyin xumori qursin.
Qartani suz deydi, yutqizib bir bor,
boringni yutguvchi g'irromi qursin.
Bunda qirollarni yutib ketadi,
g'irromning qo'lida turgan xonimlar.
Qornida ming qavat yog'lar bitadi,
qirolni yashirib qattol zolimlar.
Biz orzu qilgan quvonch shumidi?
To'rta qirol b.n yutqizib qo'ydim.
Uch xonim mening qabrimni o'ydi,
gapirib turib tilimni tiydim.
Barcha hayqirsada, men mulzam turdim,
qayta o'ynamam deb ming vada qildim.
O'ynasam, xonimsiz o'ynayman mayli,
qirolga ishonib men xarob bo'ldim.
(Sutning yuzi boshqa-yu, osti boshqa)
Ulug' BEK Karimov
BADARG'A
Tushimga badarg'a etildim.
Va qo'rqdim
yuragim yorilayozdi.
Men cho'kdim.
Mayli edi
tushlar ko'rmasam
yig'lamasdim orzu qilmasam.
Men - o'ligim
tushimda qolsa
vo dahshat!
So'ngi o'tinchim - so'rashsa aytay,
shuni aytgali jannatdan qaytay
meni surgun qiling O'zbekistonga!
Ulug' BEK Karimov
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1