Muruvvatda quyosh misol yongan diyor,
Osmonidan mehr nuri tomgan diyor,
Bor bo'yicha muhabbatga cho'mgan diyor,
Bolangmanki, barcha mehring menikidir,
O'zbekiston, jism-u jonim senikidir.
Amir Temur-erk-u adolatga sulton,
Jaloliddin-ko'ksida or yongan o'g'lon.
Mir Alisher-otash yurak, bulbul zabon,
Ajdodlarim ruhi-yodi menikidir,
O'zbekiston, jism-u jonim senikidir.
O'g'lin podshoh, otasini pir bilgan El,
Onasin oy, qizlarini dur bilgan El,
Quronini ziyo bilgan, nur bilgan El,
Ko'ksingdagi pok iymoning menikidir,
O'zbekiston, jism-u jonim senikidir.
Yurtim senga ko'z tegmasin munchoq bo'lay,
Gar non bo'lsang men unda bir ushoq bo'lay,
Senda yashab, yana senga mushtoq bo'lay,
G'urur-oring, nom-u shoning menikidir,
O'zbekiston, jism-u jonim senikidir.
IFTIXOR XONXO'JAYEV
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев