Ko’ksingizni to’ldirmasin
malomatlar,
Bu dunyodan chiqib oling
salomatlar,
Ko’paymoqda soat sayin tezlik ila,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Turlik-tuman dunyo qarash
tuzilmishlar,
Shariatning rishtalari uzilmishdir,
Pora ila hadya farqi
buzilmishdir,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Ayol zoti bu o’lkaning sovchilari,
Odam ovlab kun kechirar
ovchilari,
Kaboirga qo’l uradi Xojilari,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar. Ba’zan ko’ngil dod soladi
sadosizdir,
Dil faryodi beun chiqar
nidosizdir,
Namozxoni benamozdan
hayosizdir, Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Saylgohga yosh ko’ngillar moil
gohi,
Markazlarin bezamishdir
saylgohi, Saylgohi faxshlarga maylgohi,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Gunohlarga eltuvchi yo’l niqob
erur,
Bid’atlari nomlari zo’r savob erur,
Oq soqolli mo’ysafidlar noyob
erur,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Qindan chiqish bilmas olmos shamshirlari,
Gunohlari oshkor bo’lib kam
sirlari,
Raqsga tushib ket o’ynatar
kampirlari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
To’ylarida qiz juvonin ko’ring
holin,
Faxsh tuyg’ular egallamish bor
hayolin,
Yarmidan ham ko’proq ochib gul ayolin,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Gashtaklarin tashkil etmish
ming handalar,
Onasining o’g’ilchasi arzandalar,
To’ylar to’yida qorilarmas
sozandalar,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Kiyim yechmish Yunusobod-u Beshyog’ochlar,
Uyatdan yuz o’girib olmish
Qayrag’ochlar,
Hijobliga kulib qara
yalang’ochlar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Etikdo’zga qalam tutib,
oshpazga gul,
Olimining hamyoni ne
bilmagay pul,
Yarim vatan erkagi bor yarimta tul,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Farosati topilmaydi
magizchalik,
Hanjari yoq hech bo’lmasa bigizchalik,
Rashq neligin bilmas hatto
to’ng’izchalik,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Erta tongdan el ishi yoq azon bilan,
Kunlarini uchirgaydir to’zon
bilan,
Imomlari kun kechirar ehson
bilan,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Dunyo yig’ish mo’minlarga
hamroh bo’ldi,
Faqat kufr-shirkiy ishlar gunoh
bo’ldi,
Uch qavatli uy qurish ham muboh bo’ldi,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Davo qilib din ishini ostilarin,
So’ng yuzaga chiqarib dil
ustilarin, Ishlatishar Fir’avnning
ustalarin,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Uylariga kirsangiz gar
yig’lagaysiz, To’shaklarda halovatsiz
uxlagaysiz,
Kofirlarning hayotini
yoqlagaysiz,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar. Mo’min debon peshonasin
o’polmaysiz,
Ayblarini oy bilan ham
yopolmaysiz,
Namozidan boshqa amal
topolmaysiz, Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
So’fiylarga yetti yot din
haqiqati,
Hamon baliq ustida der
yerning qati, Sarqit erur topgan tutgan
taqriqati,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Musulmon ko’p islomini
bilmaydigan, Va albatta islom dardin
qilmaydigan,
Haq aytilsa ming bor, bir bor
kelmaydigan,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar. Unitiblar oxiratning
sarmoyasin,
Ariqlarga oqizmishdir haq
g’oyasin,
Er yigitlar sotib yashar ham
soyasin, Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Siyosatlar yol’gonchilik sharhi
yoqdir,
Diyonatning vazni yengil narhi
yoqdir, Mirshablarin o’g’rilardan farqi
yoqdir,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Sinib barbod etilgan din
o’choqlari, Yot quchoqni qarshi olar
quchoqlari,
“Bismillah†deb aroq
sotar olchoqlari,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar. Qir-adirda ibodatga saharlidir,
Poytaxtlarda bir zumdayoq
shaxarlidir,
Savdolarda ilondan ham
zaharlidir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Dilni tirnar Buxoroning
zorilari,
Ta’sir etmay qo’ygan hadis
dorilari,
Naqshband deb kun kechirar qorilari,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Ko’ring peshvo bir dargohga
yig’ilarlar,
Dunyo deya tinmay pulni sog’inarlar,
Zangi ota Xoliq debon
sig’inarlar,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Ilmlisi tamom sohta yo’li kengdir,
O’ng tomoni kamyob ammo
so’li kengdir,
Pora olish havo olish ila
tengdir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ilm istamas dargohlarda
toliblari,
Pora bilan go’lib bo’lgan
g’olimlari,
Xudo nima bilmay yashar tabiblari,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Harom qonni peshonaga
surkatilmish,
Faxsh yo’llari maktabdayoq ko’rsatilmish,
Odam aldash darslik qilib
o’rgatilmish,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Topgan tutgan rohatlari bir oniydir,
Mangulikka singib ketar dil
foniydir,
Payg’ambarga ergashganlar â
€œfaloniyâ€dir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Din o’qigan uzlatlarda yurmoq
istar,
Faqatgina o’z ahlini ko’rmoq
istar,
Hadis bilgan yer ostiga kirmoq istar,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Dunyo mushtoq o’tmishdagi
rijollarga,
Javobini topa olgan savollarga,
Butun dunyo to’lib bo’ldi
dajjollarga,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Odam borki kasb-hunarda ayyor bo’ldi,
Gunoh desa haqdan kechar
sayyor bo’ldi,
Iso ibn Maryam kelsa tayyor
bo’ldi,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ertayu-kech bulbullarga otib
handa,
Qarg’alarning kuni tug’di bul
chamanda,
Yajujsifat qavm ilg’or bo’ldi fanda,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Qanotidan ayri elning toirlari,
O’lib bo’lgan ma’rifatga
doirlari, Foxishadan o’tar xalqning
shoirlari,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Mo’min bo’lib uxlar tongda
sharob otar, Namoz vaqti g’usl vojib holda
yotar,
Bir kun masjid qurar keyin â
€œSarbast†sotar,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar. Olim degan da’vo ila yurishadi,
Minbarlarda savlat to’kib
turishadi,
Ammo taqvo desa yuzlar
burishadi,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Atrofini qurshab turli xil
bejaklar,
Bahor kelmay yulinmishdir gul
chechaklar,
Qiz chiqishi noyob erur kelinchaklar,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Oh, dil mayib qattiq erur
sinovlari,
Qorni ko’mir aylab bo’lgan qalovlari,
Maslahatga muhtoj emas
kuyovlari,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Ko’ring mo’min degani ne holidalar,
Uyat bilmay qotib ketdi ne
diydalar,
Xojalarin tug’ar bo’ldi
volidalar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Mardlik degan tuyg’u
qochmish erkaklardan,
Oppoq paxta qattiq erur
tirgakladan,
Or so’zini tinglab faqat ertaklardan,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Yig’lashlikdan na foydadir
o’pka to’lib,
Uzlatlarni eng oxirgi chora bilib,
Qochdik endi bu dunyodan
to’p-to’p bo’lib,
Har qadamda qiyomatdan
alomatlar.
Robbim! Iymon nurlariga to’lib olaylik!
Madad bergin endi odam bo’lib
olaylik!
Alloh! Alloh! Omon-eson o’lib
olaylik!
Har qadamda qiyomatdan alomatlar...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев