Qora chechak - terida o‘zidan
keyin chuqurcha izlarini
qoldiradigan toshmalarning
paydo bo‘lishi, o‘gir umumiy
intoksikatsiya bilan kechadigan
o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.
Sababi. Kasallikni chechak virusi
qo‘zq’otadi. Infeksiya bemordan
sog‘ odamga nafas yo‘llari, kiyim
– kechak, idish – tovoq va
boshqa buyumlar orqali yuqadi.
Belgilari: Qora chechakning uch
turi mavjud:
1.Qora chechakning yengil turi.
2.Qora chechakning odatdagi
chin chechak turi.
3.Qora chechakning og‘ir
gemorragik turi.
Qora chechakning yengil turi -
to‘movlashga o‘xshash belgilar
bilan kechadi. Terida toshmalar
kam bo‘ladi, umumiy
intoksikatsiya deyarli sezilmaydi.
Qora chechakning odatdagi chin
chechak va tutashgan chechak
turida - kasallik to‘satdan varaja
qilish, tana haroratining 39-40
daragacha ko‘tarilishi, bosh
og‘rishi, bel va dumg‘aza soha-
sida og‘riq bilan boshlanadi.
Terida qizg‘ish yoki to‘q qizil
tosh-malar paydo bo‘ladi.
Yelkaning ichki yuzasi, ko‘krak,
qorinning pastki sohasi, sonning
ichki yuzasi terisiga toshmalar
toshadi. Ular 2-3 kundan keyin iz
qoldirmay yo‘qoladi, tana
harorati normaga tushadi.
Bemorning ahvoli yaxshi bo‘la
boshlaydi. Lekin shundan keyin
terining hamma joyiga, tomoq
shilliq pardasiga chin chechak
toshmasi toshadi. Avvaliga,
toshma och pushti rangdagi
qattiq dog‘lar sifatida bo‘ladi, bu
toshmalarning ichida pufakcha
hosil bo‘ladi. Pufakcha ichidagi
tiniq suyuqlik asta-sekin
xiralashadi va yiringga aylanadi,
bu jarayon tana haroratining
ko‘tarilishi va varaja bilan
kechadi. Davolash natijasida
bemorning umumiy ahvoli
yaxshilanishi bilan birga
pufakchalar quriydi, hosil bo‘lgan
qazg‘oq tushadi, ular terida
chuqurcha izlar qoladi. Yuz
terisidagi toshmalar izi
cho‘tirlikni yuzaga keltiradi.
Qora chechakning gemmorganik
turi - juda og‘ir kechadi,
toshmalar ko‘p toshadi, bemor
hayoti uchun xavfli bo‘ladi.
Davolash natijasida hayoti
saqlanib qolgan bemor terisida
chuqur izlar qoladi.
Tibbiy yordam: Qora chechakka
shubha qilingan bemor zudlik
bilan tez yordam chaqirilib
yuqumli kasalliklar shifoxonasiga
yuborilishi kerak.
Bemorni davolovchi va parvarish
qiluvchi tibbiyot xodimlari
maxsus kiyimlarda ishlashlari
lozim.
Toshmalarga 5% li margansovka
eritmasi surtiladi, kuniga 2-3
marta. Toshmalar qurishi davrida
qichish zo‘rayadi, uni kamay-
tirish uchun toshmalarga 1 %
mentol mazi surtiladi. Bemor
xonasi-da har kuni joriy
dizenfeksiya o‘tkaziladi.
Oldini olish. Ko‘p yillar davomida
barcha mamlakatlarda aholini
qora chechakka qarshi emlash
(vaksinatsiya va revaksina-tsiya)
o‘tkazish natijasida keyingi bir
necha yil davomida bu kasallik
butunlay tugatildi. Shu bois qora
chechakka qarshi emlash
to‘xtatilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1