Kelaman, deydi u, lekin kelmaydi,
Kutaman, deydi-yu kutmaydi bu
ham.
Qizig'i, hech kimsa uyat bilmaydi,
Qizig'i, hech kimga qilmaydi alam.
Bosh ustiga, deydi, ichadi qasam,
Yigit so'zim, deydi, albatta, ishon!
Yolg'onni biladi ikki taraf ham,
Ishongandek tutar ikkala tomon.
Sevaman, deydi u, gulim, azizam,
Sizsiz yasholmayman, jonim,
deydi bu.
O'zgaga uylanib ketar xotirjam,
Qizgina ham ortiq chekmaydi
qayg'u.
Bu ham bir kasallik – lafzsizlik
degan,
Tartib shu: pand berib, tugal
pand yeysiz.
Milyon yil kechikmay vaqtida
kelgan
Fasllar chalkashib ketsa, ne
deysiz?
Qovog'ingiz soliq: mavzu-ku
dolzarb,
SHoir ne sababdan kechikib
yozdi?
Men allaqachonlar yozgandim,
rost gap,
Va'daboz muharrir kechikib
bosdi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев