Munis ko'zlaringda hamon
o'sha zeb.
Ko'zlarimga boqib so'rading beso'z,
-Mensiz qanday qilib yashayapsiz deb.
Baxtliman, ko'ksimda havas bir talay,
Ba'zan yozishimni
aytmaganda she'r.
Nega o'ksinayin, qara,
harqalay,
Boshida ko'tarib turibdi-ku
yer.
Bejizmas hilolning yuzdagi
dog'i,
Tunlar u dardlarim yelkalayapti.
Kunduzlar ko'zlaring
sog'ingan chog'im,
Ko'kda quyosh meni
erkalayapti.
O'ylaysan, hayotdan bo'lganman judo,
O'ylaysan, dunyoning
kuyukligiman.
Axir sevganiga dard berar
Xudo,
Sensiz ham Xudoning
suyukligiman.
Ketaver, sensiz ham
yashayveraman,
Sensiz ham kun botar,
yorishar nahor.
Oltin kuz xazonin yoqar
sensiz ham,
Sensiz ham gul ochib keladi
bahor.
Ket endi, etmagin qonimga
tashna,
Alvido yo'limga tutashmagan yo'l.
Yashasang mendan-da
baxtliroq yasha,
Agar o'lar bo'lsang mendan
keyin o'l.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев