Siz bilan hardoim- hammavaqt bahor, Balki sevgandirman sizni shunchaki. Bo'ysunmas buyruqqa bu mag'rur yurak, "Unimas boshqani sevmog'ing kerak!" Tilagim sizga baxt, eng ezgu tilak, Balki sevgandirman sizni shunchaki. "Shunchaki bo'lmaydi" - dedim ishonib, Sevaverdim o'zimcha lovillab, yonib. Sizla so'zlashardim shodon, quvonib, Balki sevgandirman sizni shunchaki. Men uchun yoqimli barcha-barchasi, Qalbimga o'rnashib faqat bittasi. O'zi malham bo'lgan, o'zi yarasi, Balki sevgandirman sizni shunchaki. So'zlaringiz o'zgalardan o'zgacha, Beg'ubor bir mittigina bolacha. Sizga borib, yetolmadim sizgacha, Balki sevgandirman sizni shunchaki. Buloq tiniqlikda siz kabi emas, Zilol suvi siz bergan rohatni bermas. "Zilolim" derdimu ammo mumkinmas! Balki sevgandirman sizni shunchaki. Kechiring orzuga berilib kettim, Orzu deya armon etagin tutdim. Yolg'izim men faqat bir sizni kutdim, Balki sevgandirman sizni shunchaki.!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев