Предыдущая публикация
Baxtga loyiq har odam,
Baxtli bölsin dunyoda.
Könglini ezmasin g'am,
Tinchlik bölsin dunyoda.
Odam kabi basding bor,
Ikki oyoq dasting bor.
Aytgin nima qasding bor,
Tinchlik bölsin dunynda.
Kulsak birga xandonmiz,
Sölsak birga xazonmiz.
Xammamiz bir insonmiz,
Tinchlik bölsin dunyoda.
Senga bog'liq erta kun,
Körsat matonat kuchin.
Sen kurash tinchlik uchun,
Tinchlik bölsin dunyoda.
Xayotimiz asosi,
Elu yurt muddaosi.
Bu O'zbekning duosi,
TINCHLIK BO'LSIN DUNYODA
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5