hammaning tutgan yo'li
bor,
Kimlardir yolg'iz-u, kimning
jufti bor.
Barcha totlining ham
achchiq, sho'ri bor,
Sevgida shu bari
TUMONAT, do'stim.
Birov hijronidan kuyadi
bugun,
Kimdir razolatdan olay
deydi hun.
Sen nolib so'rama: "azoblar
nechun?”
Muhabbatga kerak
MATONAT, do'stim.
Ko'zlarni yuvadi o'rtangan
yoshlar,
Gohida SEVGIGA otilar
toshlar.
Bo'ysinib egilur ne
MAG'RUR boshlar,
Sevgini anglash ham
MATONAT, do'stim.
Sevgan muhabbatdan oladi
saboq,
Muzlagan yurakni qiladi
qo'rqoq.
Sen ham sevib qolsang,
hayotga tik boq,
Bilsang, muhabbat ham
JASORAT, do'stim.
Tunlar uyqularing olib
ketadi,
Oshiqni yo yetuk, yo xor
etadi.
Ko'zga intizorlik solib
ketadi,
Ishq maqtov, gohida
HAQORAT, do'stim.
Sevgining qo'lidan
tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga solasang
malham.
Shunda qo'yajaksan
birinchi qadam,
MUHABBAT-KO'NGILGA
HALOVAT, do'stim.
Kimlardir sevgidan ichadi
sharob,
Kimningdir qalbida
tomchilar zardob.
Yana kim uni deb xoru zor,
harob,
Muhabbat gohida
RAZOLAT, do'stim.
Hissiz yuraklarga singdirib
mehr,
Ayovsiz yetkazar sinash
uchun jabr.
Sevgi g'ururlidir, lek suymas
kibr,
Uni tuymoq mushkul
BAG'OYAT, do'stim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев