haqida eshitishim bilan
bir voqea yodimga
tushaveradi. Do’stim
bilan birga metroda
ketar ekanmiz,
diqqatimizni bir "juftlik”
tortaverdi. Yoshi chamasi
17-19 lar orasidagi yigit
va qiz bir-biri bilan og’iz
burun o’pishib,
ro’paramizda
hiringlashib ketar edi.
Eng achinarlisi,
atrofdagilar bunga
parvo ham qilmas edi.
Axir o’zbekchilik qayerga
ketdi? Shu o’yni o’ylab
tugatmasimdan,
yonimdagi do’stim shart
o’rnidan turdi va
ro’parasida o’tirganlarga
qarab bir qadam
tashladida "San bu qizga
uylanasanmi?” deb,
yigitni so’roqqa tutdi.
Bunday qaltis harakat
va kutilmagan savoldan
dovdirab qolgan yigit
og’iz ocholmay turar edi.
Bechora yigit, "ha” desa,
keyin gapiga javob
berishi kerak, "yo’q”
desa, yonidagidan
ayrilishi tabiiy edi. Shu
payt do’stim yigitga
qarab "O’zingni ham, bu
qizni ham vaqtini
bekorga ketkazma” dedi.
Atrofdagilar ham huddi
yigitdek qotib qolishgan
edi. Keyin biz tushadigan
bekatga keldik. Bu
masalaga yana quyida
qaytamiz. "Vashington
Post” (Washington Post)
nashrining web
sahifasida 30-yanvar
kuni chop etilgan maqola
diqqatimni tortdi.
Muallif Elizavetta Flok
(Elizabeth Flock) "Avliyo
Valentin kuni
O’zbekistonda bekor
qilindi” nomli maqolasini
chop etdi. Biz haqimizda
(maqoladan ko’rinib
turibdiki) boshlang’ich
ma’lumotga ham ega
bo’lmagan Elizavetta
honim, buyuk ajdodimiz
Bobur haqida ikki og’iz
gapirib, o’zbeklarga o’ta
past baho beradi.
So’ngra, muallif boshqa
mamlakatlarning turli
harakatlarini o’zicha
baholashga o’tib ketadi.
(Odatiy amerikaliklarga
xos harakatlar,
ajablanarli joyi yo’q.)
Xristianlar avliyo
hisoblaydigan Valentin
kuni tarixi haqida, uning
qanday kelib chiqishi
haqida juda ham ko’p
gapirilgan. Uning tarixi,
u haqida ba’zi ajoyib
qarashlar «mana bu
yerda» batafsil yozilgan.
Shu sababli, biz unga
to’xtalib o’tirmaymiz.
Davlatimiz yuritayotgan
bu boradagi oqilona
siyosatni qo’llab
quvatlaymiz va raxmat
aytamiz. (Kuni kecha
"O’zbekiston” metro
bekati yaqinidagi
afishaga ko’zim tushdi —
Rayhon konserti 19
fevralda bo’lib o’tar
ekan.) Biz bugun ba’zi
maslahatlar bilan
cheklanamiz xolos. Tog’ri,
muhabbat — oliy tuyg’u.
Ammo biz chin muhabbat
nima ekanligini tushunib
oldikmi? Uylangan yigit
sifatida, "muhabbat”
dardiga mubtalo bo’lgan
uylanmagan yigitlarga
quyidagi 3 savolni
o’zlaridan so’rashlarini
tavsiya qilaman. 1-Savol.
(A) Avvalambor, shu
qizga uylanamanmi? —
Agar uylanish niyatingiz
bo’lmasa yoki bunga
ko’zingiz yetmasa,
masalaga hoziroq nuqta
qo’yish kerak. Bekorga
qizning qo’ynini puch
yong’oqqa to’ldirishdan
avval, uning o’rniga o’z
opa yoki singlizni qo’yib,
masalani yaxshilab
o’ylab ko’rishingizni
tavsiya qilamiz. 1-Savol.
(B) Menga qachon
uylanasiz? Qachon sovchi
yuborasiz? — Agar siz qiz
bola bo’lsangiz,
yigitingizdan qachon
sizga uylanishini so’rang.
(Bu borada hech
nimadan qo’rqmang.
Agar muhabbati haqiqiy
bo’lmasa, siz bilan ko’ngil
xushlik uchun yurgan
bo’lsa, qaytib qorasini
ko’rmaysiz.) 2-Savol. Qiz
yoki yigit menga maqul,
lekin ota-onamchi? —
Menimcha, hech bir ota-
ona farzandiga yomonlik
tilamasa kerak. Yigit va
qiz o’ylab ko’rishi kerak
bo’lgan masalardan biri
bu — ikki oiladagi
muhitning
mutanosibligidir, ya’ni
bir hilligi. Agar sizning
ota-onangiz bilan nargi
tarafdagilarning
hayotga qarashlari
tubdan farq qilsa,
masalaga hoziroq nuqta
qo’ying. Keyinchalik ham
oilada halovat
bo’lmaydi. 3-Savol.
Hammasi yaxshiga
o’xshaydi, endi nima
qilay? — Agar qiz sizga
("ilmiy izlanishlaringiz”
va
surushtiruvlaringizdan
so’ng) maqul bo’lsa va
ota-onangizga ham
yoqishiga ko’zingiz yetsa,
masala hal. Sovchi
jo’nating. Ko’chada
likillab yurishdan foyda
yo’q. Kimdir ko’rib qolsa
o’zingizni obro’izga zarar
va yana cho’ntak
degandek… Agar siz
tegishli xulosani chiqarib
olgan bo’lsangiz yana
Valentin kuniga
qaytamiz. Quyidagi
qiziqarli fakrlar kishini
sal bo’lsada fikrlashga
chorlaydi. Bu
bayramning oqibatlari
nimalarga olib kelishini
ko’z oldimizga keltirish
qiyin emas.
Homiladorlikoldini
oluvchi vositalar ishlab
chiqarish bilan
shug’ullanuvchi Dureks
(Durex) kompaniyasi
bergan ma’lumotlarga
qaraganda, korxona
maxsulotlari savdosi 14-
fevral kuni 20-30% ga
oshadi. Jahonda
erkaklar 14-fevral kuni
ayollarga nisbatan ikki
barobar ko’p pul
ishlatishadi. (Erkaklar
o’rtacha hisobda $156 va
ayollar $85 sovg’alar
uchun sarflashadi. 2007
yil ma’lumotiga ko’ra)
Jahonga mashxur
otkritka ishlab
chiqaruvchi Holmark
(Hallmark) qaramog’ida
80 kishilik ilmiy guruh
doimo avvalgi yildagi 14-
fevraldagi otkritkalar
savdosini tahlil qilib
o’tirishadi. Har yili
dunyoda 6 yoshdan 10
yoshgacha bo’lgan
bolalar 14-fevral kuni
650 million sovg’alar
ulashishadi. Mana
shunaqa gaplar…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев