yoshing bo'lsam edi,
Uzuk taqsang yonar
toshing bolsam edi,
Ming yilda bir kelsa kelar
mendek oshiq,
Kulgichingdan bitta o'pib
olsam edi.
Yomg'ir bo'lib tarnovingni
shitirlatsam,
shamol bo'lib
honpardangni
qimirlatsam,
Tushlaringda ismim aytib
shivirlatsam,
Kulgichingdan bitta o'pib
olsam edi.
Sirtmoq yasab
sochlaringni sayronidan,
Maydon qursang ohu
ko'zing maydonidan,
Jallod qilsang kipriklaring
paykonidan,
Kulgichingdan bitta o'pib
o'lsam edi.
Oshiqlaring tegirmonga
solsang gulim,
Men telbani nishon etsa
shirin o'lim,
Yanog'ingni silab so'ng
bor,titrab qolim,
Kulgichingdan bitta o'pib
olsam edi.
Dukurlagan yuragimni
chaqmoq qilib,
Darvozangga ilib qo'ysam
bayroq qilib,
Sadoingdan hoh so'rasang
so'roq qilib,
Kulgichingdan bitta o'pib
olsam edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1