Domlo yoshlarni tarbiyalash to‘g‘risida quyidagicha fikr bildiribsiz.
"Халқ таълими вазири айтганидек, Ўзбекистоннинг асосий бойлиги ва келажаги ёшларидир. Бу ҳақиқий бойлик ва кучга айланиши учун уларни билимли қилиб тарбиялаш ва вояга етказиш керак. Бунинг учун эса таълимда тўғри йўналишга кескин бурилиш ясаш керак. Бу ҳақда ҳозир турли фикрлар ўртага ташланмоқда. Шулардан бири сифатида ўқитувчилар манфаатини (маошини) ошириш кўрсатилмоқда. Бу қайсидир маънода тўғри, лекин асосийси эмас. Менимча асосий омил сифатида соғлом ва кенг кўламли рақобатни ўрнатиш керак! Рақобатсиз ривожланиш мумкин эмас!
Yuqoridagi fikringizda o‘qituvchilar manfaati (maoshini) oshirishni asosiy omil emas debsiz. Asosiy omil "o‘qituvchilar ortasida raqobatni rivojlantirish kerak"debsiz. Bu yerda o‘qituvchilar o‘rtasidagi raqobatni rivojlantirish deganda poraxo‘rlikni rivojlantirishni nazarda tutyabsizmi?😊
Endi men o‘z fikrimni aytsam.
Yoshlarni bilimli qilib tarbiyalash uchun birinchi o‘rinda inistitut unverstetdagi poraxo‘rlikni yuqotish kerak. Misol uchun institutda Orziqul Rahimov pora olar edi uni darsida hech bir talaba o‘qimasdi, qiziqmasdi. D. Xolboyev, T. Xayitov, I.G‘aniyev, Sh. Hasanov ustozlarimiz pora olmas edi talabalarga chin yurakdan bilim berar hamda talab qilar edi. Uztozlarimizning darsida har bir talaba dars qoldirmasdan o‘qib imtihonda o‘z bilimi bilan bahosini olar edi.
Agarda har bir o‘qituvchi D.Xolboyev, T.Qudratov, Xayitov, I.Ganiyev, Sh.Hasanovlar kabi halol bo‘lsa ular tarbiya bergan talabalar aqilli, bilimli bo‘lib ular ham ishga joylashsa kimsadan pora talab qilmaydi hamda mamlakatimiz rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Rivojlangan mamlakatlar ta‘lim tizimiga nazar solsak u yerda o‘qituvchilar poraxo‘rlik nimaligini tushunmaydi hattoki xayollariga ham keltirishmaydi. Agarda hayotimizning boshlang‘ich tizimi ta‘lim tizimida poraxo‘rlik bo‘lmasa boshqa hech qayerda poraxo‘rlik bo‘lmaydi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев