Ollox onamni asra
Shifo ayla dardiga
Munisginamni aslo
Ozor berma qalbiga
O'zi yemay yedirgan
Tunlari bedor bo'lgan
Bemorga shifo bergan
OLLOX ONAMNI ASRA
Ko'zlari kulib turgan
Quvonchga to'lib turgan
Farzandim jonim degan
OLLOX ONAMNI ASRA
Yalinib yolvoraman
O'tinaman tiz cho'kib
Qo'ymagin qaddin bukib
OLLOX ONAMNI ASRA
Men ulardan olisda
Chet ellarda yuribman
Ularni takror-takror
Tushlarimda ko'ribman
Borayin qoshlariga
Yosh qo'shay yoshlariga
Oq tushmay sochlariga
OLLOX ONAMNI ASRA
Ne dard bo'lsa menga ber
Peshonamdan oqsin ter
O'tinchla yozdim bir she'r
OLLOX ONAMNI ASRA
Ozor bermas xech kimga
Kun bilan xatto tunga
Dardlar kerakmas unga
OLLOX ONAMNI ASRA
Madadkor xar bir so'zi
Mexrga to'la ko'zi
Jilmayib turar yuzi
OLLOX ONAMNI ASRA
Munism mexribonim
Jonim ichra jaxonim
U, meni ONAJONIM
OLLOX ONAMNI ASRA
Ming bor shukur sen borsan
Banda qalbida nursan
ONAMNI etib xursan
OLLOX ONAMNI ASRA
Onam bo'lsa doim shod
Dilimdan ketar faryod
Uyimizda fayz, jannat
OLLOX ONAMNI ASRA
Ming bor shukur nolam olloxga yetdi. Onam sog'ayib ketdi. Umringiz uzoq bo'lsin. Onajonim yagonam.
Muallif: JUMANAZAR:
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7