Igra o'yin yaratish haqida quldan kelgancha malumot beraman.Siz ham GTA kabi o’yin bo’lmasada ammo shunga o’xshash soddaroq o’yin yaratishingiz mumkin, yoki oddiyroq gonka poygasi yaratishingiz mumkin Buning uchun sizdan quyidagilar talab etiladi: 1. Zamonaviy Kompyuter (nVidia videokarta bo’lishi shart,) 2. Komputerda windows operatsion tizimi (odatda 90 % komputerlarda windows o’rnatilgan) 3. Kuchli alanga olayotgan qiziqish va zavq 4. Sabr
Demak yuqoridagilarning barchasi sizda mavjud, ishni boshlaymiz. 1- qadam: O’zimizga savol beramiz,”Qanday o’yin yaratish kerak,” o’yinlar turli janrlarga bo’linadi: Otishma, Strategiya, Gonka, Virtual sayohat, Boevik, O’zimizga yoqqan janrni tanlaymiz
2-qadam Demak janrni tanladik, Endi o’sha o’yindagi senariy qanday bo’lishi kerakligi haqida o’ylaymiz, O’yindagi maqsad nima, ya’ni dushmanlarni o’ldirish bo’ladimi, birinchilikni qo’lga kiritish bo’ladimi xullas o’yin sistemasini aniqlaymiz, Navbat, o’yindagi sahna,- Undagi tabiat manzarasi nimalardan tuzilganligi, Agar uy ichi yoki shahar bo’lsa binolar qanday joylashgan bo’lishi… Va nihoyat, o’yin interfeysi ya’ni o’yinga kiryotgandagi menular ko’rinishi va hokazo. Xulas buyo’g’i sizning fantaziyangizga bog’liq.
3-qadam, Endi jiddiy ishga kirishamiz, biroz murakkab bo’lsada bizdagi qiziqish oldida har qanday murakkab narsa osongina ko’rinadi... O’yinni qanday bo’lishi, ko’rinishi, undagi voqealar qanday bo’lishini aniqlab oldik. Endi navbat, O’yinning oddiy yoki murakkab bo’lishini aniqlash, Avtomobil urilganda pachaq bo’lishi yoki hech narsa bo’lmasligi, Binolarni qulashi, avtomobil tezligi, umuman o’yinimiz xuddi real hayotdagidek bo’ladimi yoki soddaroq bo’ladimi, Boshqacha qilib aytsak O’yinimizda fizika qonunlarini hisobga olamizmi yoki yo’q, shuni aniqlaymiz ya’ni tezlik, og’irlik, yorug’lik, ishqalanish, gonka o’yini bo’sa asfaltga iz qoldirishi va boshqalar. Demak O’yinning rel hayotga o’xshashiga qarab internetdan Dvijok qidiqamiz, ingliz tilida Game Engine deyiladi. Dvijok bu o’yin tayyorlashni osonlashtiruvchi dastur Bizning o’yinimiz 3D bo’lgani uchun 3D Dvijoklardan birini tanlashimiz kerak. Masalan GTA o’yini REGE 3D engine asosida tayyorlangan.. Half-Lofe 2 o’yini esa CloakNT dvijok asosida tuzilgan. Dvijok tanlashda sizga maslahatim, hozirgi kunda boshlovchilar uchun ham professionallar uchun mo’ljallangan 3d GameStudio A7 nomli dvijokni tanlang.Uning sayti www.conitec.com Bu dvijok yozrdamida istagan 2D va 3D turdagi , har qanday janrdagi o’yinni yaratish mumkin. 3D GameStudio A7 pullik dvijok(dastur) hisoblanadi. Agar sizga Bepul dvijok dasturi kerak bo’lsa, unda sizga maslahatim Blender dasturini tanlang. Bu dastur yordamida 3D shakllar, animatsiya, multfilm va hatto o’yin ham yaratish mumkin.
4-qadam, mana Dvijok dasturi ham tanlandi. Endi nima qilamiz. Buning uchun o’zimiz tanlagan dvijokni o’rgana boshlaymiz, internetda har qanday dasturga oid darsliklar topish mumkin, agar siz 3d GameStudio dvijokini tanlagan bo’lsangiz uning darsliklarini www.conitec.com saytidan yoki googlega kirib “3d gamestudio tutorials” deb qidirsangiz albatta foydali narsalar topasiz. Yana bir qulay imkoniyat ! Butun dunyo bo’ylab Bu dasturlarning ya’ni dvijoklarning foydalanuvchilari savol javob qiladigan forumlar bor… 3d GameStudio haqidagi konferensiya suhbatlarida qatnashib savol javob qilish uchun www.conitec.com/forum ga kiring, Blender dasturining ham foydalanuvchilari soni nihoyatda ko’p, uni rassomlar, 3d dizaynerlar, animator va o’yin yaratuvchilar ishlatadi, … agar blenderni chuqur o’rganmoqchi bo’lsangiz… www.blender.org saytiga kirib undagi darsliklarni ko’ring. Googledan “blender game engine tutorials” iborasini qidirsangiz minglab foydali saytlarni topasiz… Xullas, biz o’zimiz tanlagan dvijokni o’rganib oldik.
5-Qadam. Avvalda aytganimizdek, murakkab 3d o’yinni yolg’iz o’zingiz yaratish juda mushkul vazifa hisoblanadi. Nima uchun mushkul ?. Sababini hozir bilib olasiz. O’yiningiz Gonka poygasi bo’lsa, uni yaratish uchun avval har bir uylar, darxtlar, odamlar va avtomobilning virtual 3d modelini yaratish kerak, Bunday 3d modellar asosan 3D MAX dasturida tayyorlanadi. 3D max dasturi boshqalar qatori o’yin yaratuvchi kompaniyalar ham ishlatib kelmoqda, Agar siz 3d maxni ishlatishni bilmasangiz o’zingizga buni biladigan odamdan yordam so’rashingizga yoki 3d animatorlar bilan shartnoma tuzishingizga to’g’ri keladi. Bu muammoni hal qildik deylik. Endi-chi ? O’yin o’ynaganingizda undagi landshaft dizayni: o’t o’lanlar, yerdagi toshlar, yo’llar va ularning rangi, binolarning rangi, xullas teksturaga etibor bergansiz. Demak biz o’yinimizdagi bino, uy yer va boshqa obektlarning teksturasini tayyorlashimiz kerak. Demak o’yinimiz uchun barcha narsa tayyor bo’ldi, va oxirgi hal qiluvchi narsa bu o’yinni dasturlash, dastur tuzilmasa bu o’yinda hech narsa bo’lmay biz faqat ekrandagi o’yin manzarasini ko’rishimiz mumkin. Dasturlash esa programmistning vazifasi. Uning vazifasi shuki, o’yindagi bo’ladigan voqealarni jonlantirishdir, masalan: Klaviatura strelka tugmasi bosilganda o’yin qahramoni oldinga qarab yurishi, sichqoncha bosilganda quroldan o’q uzish, o’q tekkan jonzotning o’limi, Avtomobil urilganda jismga qanday tasir qilishi, o’yindagi raqiblarning harakati va hokazo. Xullas o’yindagi barcha voqealar programmist tonomidan jonlantiriladi…
Xullas o’yin yaratish bosqichi ana shulardan iboratdir. Umid qilamizki sizga bu maqolaning foydasi tegadi. Agar siz aynan shu o’yin yaratish sohasiga qiziqsangiz Sizga bir qancha maslahatlar berishimiz mumkin: Demak sizga beriladigan maslahatlar : 1. internetda o’yin yaratuvchilarning forumiga tashrif buyuring, ular www.gamedev.net www.devmaster.net Bu saytlarda o’yin yaratish sirlari va darslarini o’rganasiz. Google.com yoki boshqa qidiruv saytlariga ushbu “Create 3d game tutorials” jumlasini kiritib kerakli saytlarni izlang.
2. Dasturlash tillaridan birini o’rganing, Ko’pincha o’yin yaratish uchun C++, JAVA yoki C# tilidan biri qulaydir. Maslahatim: Microsoft tomonidan chiqarilgan Visual Studio dasturi yordamida C++ va C# kodlari bilan dastur tuzishingiz mumkin. C++ tili darslari mana bu saytda osongina o’rgatilgan http://www.cprogramming.com 3. Komputer 3d grafikasini o’rganing, OpenGL va DirectX haqidagi darslarni qunt bilan o’rganing. Chunki barcha 3d o’yinlar ana shu DirectX yoki OpenGL grafikasi asosida ishlaydi. Men bu maqolada bular haqida batafsil gapirmayman, Buni siz boshqa adabiyotlardan qidirib topasiz, Men esa sizga asosiy yo’nalishlarni ko’rsatmoqdaman.
4. Butun jahonda mashhur ensiklopedia bo’lmish wikipedia.org sahifalaridan ham qimmatli malumotlarnni topishingiz mumkin masalan ushbu linkda ham dvijoklar haqida malumot berilgan… http://ru.wikipedia.org/wiki/Список_игровых_движков.htm 5. har qanday ishni oxirigacha yetkazing, agar oxiriiga yetkazishga ko’zingiz yetmasa unda bu ishga qo’l urmang…
Omad sizga
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8
O'tacha 10 minutlik Mitfulim yaratishga qancha vaqt ketadi ?
Buni urganish uchun dasturiy kurslarga qatnashishingizni tavfsiya etamiz
Letsenziyonni qulayroq ishlashga.