Ko'zim yumuq, ustimda oppoq matodan libos, Qayga olib ketarlar, bir on to'xtang iltimos. Ibodatim qilib olay, ulgurmadim hayotda, Farishta der : "Endi kech", uchrashamiz oxiratda. Baqiraman dod solib, borolmayman benamoz, Hech kim eshitmas so'zim, chiqmas sado, bir ovoz. Ko'tararlar tobutni, zulmat qabriston tomon, Onam yig'lar burchakda, onam yig'laydi hamon. Yoshman deb o'ynab kuldim, bormadim masjid sari, Ichdim tavba qilmadim, imkon borku deb hali. Mana endi ojizman, qimir qilmaydi tanam, Tuynuksiz qabr bo'ldi, yetib kelgan boshpanam. Yana berilsa hayot, bo'lardim chin Musulmon! Bajarib har amalni, sajda qilardim har on. Oyoq uzmay masjiddan, borardim kun besh mahal, Faqat tirik bo'lsaydim, imkon bo'lsaydi agar. Oh dodlarning foydasi ko'rinmaydi endi hech, Tavba qilishga endi kech bo'lgandi juda kech. Janozamni o'qishar so'nggi manzilga qo'yib, To'yib yig'lagim kelar, yig'lagim kelar to'yib.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев