Yer po‘stida yoki mantiyaning
yuqori qismida to‘satdan siljish,
sinish yoki o‘pirilish ro‘y berishi
oqibatida vujudga keladigan va
to‘lqinsimon tebranishlar tarzida
uzoqlarga tarqaladigan yerosti
silkinishlari va tebranishlari zilzila
deyiladi. Bir yil davomida bir necha
yuz ming zilzila yuz berishi mumkin,
ularning aksariyati faqatgina
seysmograflar sezadigan kuchsiz
zilzilalar bo‘lib, odamlar
sezadiganlari bir necha mingga
yetadi, vayronkor yer silkinishlari
esa bir yilda bir necha o‘ndan bir
necha yuztagacha bo‘lishi mumkin.
Zilzilalar yer sharining tektonik
jihatdan eng faol bo‘lgan (masalan,
bir qismi O‘zbekistonga kirgan Tyan-
Shan, Afg‘onistondagi Hindikush,
Tojikistondagi Pomir kabi) tog‘
tizmalari joylashgan hududlarda
ko‘proq bo‘ladi.
2. Zilzila vaqtida nima qilish kerak?
Zilzila vaqtida birlamchi qoida, bu —
vahimaga tushmaslikdir. Agar bino
ichida bo‘lsangiz, stol yoki stul
tagiga kirib oling. Shu yo‘l bilan
tepadan qulashi mumkin bo‘lgan
narsalardan (masalan, devor
parchasidan) himoyalanasiz. Eshik
tagida (eshik joylashgan oraliqda)
turib oling — ular binoning boshqa
qismlariga qaraganda
mustahkamroq bo‘ladi. Agar
tashqarida bo‘lsangiz, bino, daraxt,
suv yoki elektr simlariga yaqin
bormang — elektr uzatkichlari suvga
qulashi natijasida unga yaqin
turganlar uchun o‘ta xavfli vaziyatni
yuzaga keltirishi mumkin. Mashinada
bo‘lsangiz, mashina ichidan
chiqmang, lekin u bino, devor yoki
boshqa qulashi mumkin bo‘lgan
obyekt yaqinida turgan bo‘lsa,
tashqariga chiqib, avtomobilingiz
yonida cho‘kkalab turing. Zilzila
to‘xtaganidan keyin ham xavfsiz
joydan chiqmasdan, biroz kutib
turing.
3. Zilzilani oldindan bilish
mumkinmi?
Zilzila haqida aniq ma’lumot
beradigan tizim hali yaratilmagan,
shuning uchun ham qachon va
qayerda hamda qanday kuchdagi
zilzila ro‘y berishini oldindan
aytishning hozircha iloji yo‘q.
Faqatgina zilzila vaqtida sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlar aniqlangan
xolos. Bundan tashqari zilziladan
darak beruvchi omillar ko‘p. Masalan
— forshok (zilzila oldidan sodir
bo‘ladigan to‘lqinlar). O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi Seysmologiya
instituti laboratoriya mudiri,
akademik Qahhorbek
Abdullabekovning so‘zlariga ko‘ra,
1984-yil yanvar oyida Namangan
viloyatining Pop tumani atrofida
kuniga bir—ikkita mayda zilzilalar
qayd etilgan, oradan bir oy o‘tib esa
bunday forshoklarning soni
sutkasiga 100—150 taga yetgan.
Shunda mahalliy ma’muriyatga
zilzila sodir bo‘lishi haqida xabar
berilgan va haqiqatan ham Popda 8
balli zilzila ro‘y bergan. Lekin
forshoklar doim ham kuzatilmaydi.
Masalan, 1966-yilgi Toshkent zilzilasi
arafasida forshok bo‘lmagan, faqat
aftershoklar kuzatilgan. 1978-yili
Andijondan 120 kilometr janubda
Oloy zilzilasi ro‘y bergan. O‘shanda
yerosti suv tarkiblari va magnit
maydonlari o‘zgargani qayd etilgan
va oxirgi marta zilziladan 6 soat
avval mahalliy ma’muriyatga zilzila
xavfi borligi haqida xabar berilgan.
“O‘shanda Andijonda rahbarlar soat
24:00 gacha kutib o‘tirgan, biroq
oxiri zilzila bo‘lishiga ishonmay
hamma uy-uyiga tarqagan. Biroq
soat 01:50 da 6 balli zilzila sodir
bo‘lgan”, — deydi akademik.
4. 26-oktabr kuni O‘zbekistonda
sezilgan zilzila kuchlimi, kuchsiz?
Zilzila vaqtida yuzaga keluvchi
seysmik to‘lqinlar energiyasi
magnitudalarda o‘lchanadi.
Magnitudalar 1 dan 9,5 gacha
bo‘lingan bo‘lib, o‘chog‘i qariyb 200
kilometr chuqurlikda bo‘lgan
Hindikushdagi 26-oktabr zilzilasi
magnitudasi 7,5 ga teng. Ya’ni, bu
silkinish yiliga ko‘pi bilan 20 tagacha
sodir bo‘ladigan “katta zilzila”lar
qatoriga kiradi. Qo‘shni
Afg‘onistondagi yer qimirlashi
Termizga 5,5, Toshkentga 5
magnituda bilan yetib keldi.
Taqqoslash uchun, 1966-yili
Toshkentning markaziy qismini
amalda to‘liq vayron qilgan zilzila
magnitudasi 5,3 ga teng edi, biroq
uning o‘chog‘i bevosita shahar
ostida va atigi 8—10 kilometr
chuqurlikda bo‘lgani sabab,
yetkazilgan zarari ko‘lami juda katta
bo‘lgan. So‘nggi yillarning eng
dahshatli yer silkinishi — 2011-yil 15
mingdan ortiq odamning hayotiga
zomin bo‘lgan Buyuk Sharqiy yapon
zilzilasi vaqtida magnituda 9,1 ga
yetgan.
5. Zilzilalarni kim/qaysi tashkilot
kuzatib, o‘rganib boradi?
AQSh Geologiya xizmati yoki
Yevropa—O‘rtayer dengizi
seysmologiya markazi
kabi muassasalar deyarli butun
jahon bo‘ylab yuz berayotgan yer
qimirlashlari haqida onlayn axborot
uzatadi. Yaqin qo‘shni mamlakatlar,
xususan, Qozog‘istondagi Milliy
axborot markazi Markaziy va Janubiy
Osiyo mintaqasidagi silkinishlar
haqida o‘z saytida muntazam
ma’lumot beradi. O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi qoshidagi
Seysmologiya instituti mazkur
yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari
olib borayotgan olimlar faoliyatini
muvofiqlashtirib tursa, “Toshkent”
markaziy seysmik stansiyasi
O‘zbekiston bo‘ylab yuz bergan
silkinishlar haqidagi axborotlarni
to‘playdi (telefonlar: (+998932867381,+998975138036.whatsap +998975138036
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев