ko'zlarimda yosh,
Xaqiqat oldida egilganda
bosh,
Tobutda yotardi go'zal
qora qosh,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Yotardi u jim ko'zlari
ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular
sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi
tinmayin achchiq,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
U kirmagan edi yigirmaga
ham,
Endi qo'ygan edi hayotga
qadam.
Karaxt bo'lib qolar
eshitgan odam,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Ona voh dod deydi hushin
yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi
qotib.
Bola vidolashar indamay
yotib,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Seplar yig'gan edi orzular
qilib,
Bezatib ham qo'ydik
liboslar ilib,
Onasi yig'laydi bag'rini
tilib,
Yor- yor aytib bordik
mozorigacha.
Taqdirmi qaranga yosh
ketdi essiz,
Mevasi qolmadi o'tdiku
izsiz,
Oq libos kiyvolib yotardi
hushsiz,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Mana so'nggi yo'lga
kuzatdik go'zal,
So'nggi bor qo'limiz
uzatdik go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u
dunyo avzal
Yor-yor tugab qoldi
mozorigacha..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев