Sevgim Barg Kabi Hazon Bo'lsa Ham. Ishq O'tida Yonib Harob Bo'lsa Ham. Sevgim Sahro Kabi Sarob Bo'lsa Ham. Man Sizni Sevaman Azob Bo'lsa Ham. Do'stlar Sevgi Shunday Tuyg'uki Hech Bir Inson Uni So'z Bilan Tariflab Berolmaydi Hamaga Shunday Sevgi Nasib Qilsin.
Sog'indim men o'sha baxtli kunlarni Sizni o'ylab o'tgan bedor tunlarni. Sog'indim. sog'inchim ortiq aytolmam Afsus, yoningizga endi qaytolmam. Sog'indim. Sog'inchdan g'ururim ustun G'urur sevgimizga yasadi yakun. Bilaman Siz-da meni sog'inmoqdasiz Dil to'lib, yig'lolmay, o'rtanmoqdasiz. Sog'indim. Bir bora yuzingiz ko'rsam, bir jur'at bo'lsa-yu, holingiz so'rsam. Lek g'urur qurg'urim aslo yo'l qo'ymas Sevinib sevishga bir imkon bermas. Sog'indim. Sog'inchim kimga aytayin? Unutdim deb endi qanday qaytayin? Qandayin aytayin Sizga sog'inchim, Juda sog'inyapman Sizni sog'inchim. Sog'indim. sog'inchli shirin gaplarni Sog'inib o'qiyman eski xatlarni. Siz yozgan xatlardan Sizni izlayman Afsus-la, a