Предыдущая публикация
( hazilomus haqiqat)
Ey xotinjon, xotinjon,
Menga bunday qarama.
Bir oyda ikki marta,
Pul jo‘nat deb so‘rama.
Ey xotinjon, mem pulni,
Supirib topganim yo‘q.
Boshqalarni eridek,
Boshqaga chopganim yo‘q.
Ey xotinjon, Moskvaga,
Sizlarni deb kelganman.
Erkaklik vazifamni,
Juda yaxshi bilaman.
Sog‘indim deb telefonda,
Yig‘lamagin behuda.
Bahorgacha oz qoldi,
Yana ikki oy chida.
Borib o‘g‘lim to‘y qilib,
Elimga osh beraman.
O‘g‘il tug‘ib bergansan,
Seni yaxshi ko‘raman.
Yorim deb erkalasam,
Uyalib noz qilasan.
Qanchalik sevishimni,
Borganimda bilasan:
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев