Jamoani bugungi o'yinlarini muhokama qilishdan oldin o'tgan mavsum CHL guruh bosqichini bir eslasak. Sevimli jamoamiz o'tgan mavsum Jose Mourinho qo'l ostida o'lim guruhida bo'lib, guruh bosqichining o'zida ancha muammolarga uchragan. Guruhda jamoamiz bilan birgalikda "BVB", "Man City" hamda Ajax klublari joylashgan va "Real Madrid" guruhda 1 mag'lubiat, 2 durang, va 3 g'alaba bilan 2-o'rinda 11 ochko to'plab, 1/8 finalga yo'l olgandi...
Joriy mavsum esa jamoa ancha shakllangani ko'rinib turibdi. Ha, o'tgan mavsum o'lim guruhida keyingi bosqichni hal etganimizni ham unutmaslik kerak. Lekin bu mavsum ham biz guruhda kuchsiz jamoalar bilan o'ynamadik. Bizning guruh ham bu yil 2-o'lim guruhi bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki "Juventus" va "Galatasaray" klublaridan ochko olish oson ish emas albatta. Lekin shunday bo'lsada, madridliklar guruhda birorta mag'lubiatsiz 5 g'alaba qayd etib, guruhdagi eng xavfli jamoa "Juventus" bilan Italiyadagina bitta murosa ko'chasini tanladi va CHL guruhda mag'lubiyat nimaligini bilmagan jamoaga aylandi.
Albatta, bunda Carloning ham yangi taktikasi katta ro'l o'ynadi. U haqiqatdan ham jamoani butunlay o'zgacha uslubga moslashtirdi. Carlo CHLning finaligacha jamoani yetaklab, 10-kubokni jamoaga olib kela olishiga ishonamiz. Agar bu murakkab ishni u uddalay olsa, "Real" tarixidagi Jose Mourinho, Del Bosque, Jup Hainkess kabi buyuk murabbiylar qatoriga o'chmas qilib muhrlanadi. Bu buyuk murabbiylar qatoridan "Real"ning sobiq futbol yulduzi Zidane ham tushib qolmaydi. Nasib qilsa, bu ikki mutaxassis jamoa bilan erishib bo'lmas marralarni zabd eta oladi.
Biz Madridistlar esa har doimgiday sevimli jamoamizni qo'ldan kelgancha qo'llab quvatlashga harakat qilamiz. Carlo Anchelotti, Zinedine Zidanelar va ularning shogirdlaridan bu yilgi mavsum eng omadli bo'lishini tilagan holda, ularning super o'yinlarini doimiy oynai jahonda ko'rib zavqlanishimizni, sovrinlar shodasini qo'lga kiritishini kutib qolamiz! Axir biz bunga haqlimiz! www.real-madrid.uz
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев