Erta tong. Kichkinagina,
atiga ikki oylik chaqaloq özining
ixchamgina krovatida uyqudan
uyg'ondi. Uning oyisi ikki daqiqa
oldin magazinga sut olib kelish uchun chiqib ketgandi. Chaqaloq
yig'lay boshladi. U uzoq yig'ladi.
Uning yonida yotgan dadasi
kecha tundagi öyin-kulgudan
keyin og'riyotgan boshini zörg'a
kötardi va bög'ilib qolgan ovozi bilan baqirdi: "Jim böl,
yig'lama!!!" Gödak töxtamasdan
yig'lashda davom etdi.
Dadasi: -Uxlagani qöyasanmi
yöqmi,- dediyu yonidagi yostiqni
chaqaloq tomon uloqtirdi. Chaqaloq ön soniyadan söng
yig'lashdan töxtadi...
15 daqiqa ötgach magazindan
kelgan onasi chaqaloqning
krovati yoniga kelib baqirib
yubordi. Uloqtirilgan yostiq chaqaloqning ustiga tushgandi.
Ona yostiqni olishi bilan
hushidan ketdi. Gödak kichkina
qölchalari bilan yostiqni olib
tashlashga uringan, lekin buni
uddalay olmagan edi. U közlari ochiq qolganicha bu dunyoni
tark etgandi...
Nariroqda kechagi maishatda
"charchagan" dadasi tinchgina
uxlashda davom etar, endi uni
hech kim va hech narsa "bezovta" qilmasdi...
Gödak hali juda kichkina, atiga
ikki oylik edi. Zaboni yöqligi
uchun yig'lagandi. Onasining
hidiga ham töymadi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев