Juda Kerakli)
Assalamu Aleykum qadrli
guruhdoshlar. Bugun
xammangizni bir hodisadan,
xavfdan ogoh etmoqchiman! Qadrdon sayt foydalanuvchilari,
sizning közingiz tushgan bölsa
kimdir uzun bir mazmundagi
xatni köpaytirib tarqatishni, yoki
ma'lum kishilarga tarqatishni
sörab yozganini? Xatlar mazmuni turlicha, qaysidadir Arabistondan
kimidir tushuda Rasuli Akram
s.a.v körgani va ular u shayxga
belgi bergani tug'risida, yoki
qandaydir falokatdan
ogohlantiruv, yoki agar xat tarqatsangiz sevgiliz sizga telefon
qilishi, qisqasi turli xil
mazmunlarga ega xatlar. Eng
asosiysi xat oxiriga, gar xatga be
e'tibor bölib tarqatmasangiz
falokatga uchraysan, ölasan, kambag'al qashshoqqa aylanasan
yoki ishing yurushmaydi
qabiladagi tahdidlar. Agar xatda
körsatilgandek tarqatsangiz va
xatga ishonsangiz ishing
yurushadi, boy bölasan yoki kasallikdan, qarzdan xalos
bölasan kabi yosh bolalarcha
aldovlar. Men bu mavzuga nega
qöl urganimi bilasizmi, bu kabi
bidat xatlarni turli xildagi diniy
oqimlar, vaxabizm, terrorizm va xizbud - tahrir kabi tashkilotlar
tarqatishmoqda. Ularning asosiy
maqsadi omma ichida tahlika
tug'dirish, xalq qalbida, aqli past
sodda insonlarning miyyasini
zaharlash va ular orasida qörquv tug'dirishga yönaltirilgan.
Ey burodar sen shu bidat,
uydurma xatga ishonib
iymoningdan ayrilib qolishing
haqqida öylamaysanmi?
Iymonning bir sharti yaxshilik ham, yomonlik ham sizu bizning
taqdirimiz ham Allohdan deb
bilish unga iymon keldirishku.
Sen bölsang qandaydir uydurma
xatdan taqdiringni, baxtingni
qidirvossan, qaysidir munofiqni tuzog'iga tushib unga xayrixoxlik
qilib özing bilmagan holda u bilan
hamkorlik qilib, aqlsizliging
oqibatida iymoningdan
ajralyapsan va eng yomoni
Allohga shirk keltirvossan. Ey aql egalari unitmang, taqdiringizdagi
yaxshilik yoki yomonlikni
Robbingiz hal qiladi, qayodagi xat
emas!!!
Allohga qasamki men sizlarni
ogohlantiruvchiman, agar mening bu qöng'irog'imni
eshitsangiz bunaqa xatlarni
tarqatishni töxtating, undan köra
Diniy Islomiy bilim oling va
mening bu ogohlantirishimni
boshqa burodarlaringizga ham ilining zero ularni ham iymoniga
shikast yetishidan asrab qolgan
bölardingiz. Bunaqa mazmundagi
xatlarni tarqatish orqali sizga
baxt kelmaydi aksincha boshiz
kulfatda qolishi mumkin. Men sizlarga shu hayotimizda sodir
bölgan bir voqeani ibrat sifatida
aytmoqchiman, xuddi yuqorida
aytgan xatni Toshkentlik bir
talaba internet kulublarining
birida, ijtimoiy tarmoqda öqib qolgan va ishongan, tarqatishga
ahd qilgan. Yonidagi fleshkasiga
bu xatni yuklagan va öz
xisobidan 100 nusxada
bosmadan chiqargan, talaba
borib bu xatni yaqinlariga, qarindoshlariga va
kursdoshlariga tarqatgan, buni
qarangki göl talaba bu ishi
bizning siyosatga tög'ri
kelmasligini, qonunimiz
ta'qiqlaganini bilmagan va tarqatishda davom etgan.
Talabaning döstlaridan birining
otasi IIB xodimi bölib, ög'lining
qölidagi xatga közi tushadi va
ög'lidan bu xatni qayerdan
olganligiga aniqlik kiritadi, ög'li örtog'idan olganligini aytadi. IIB
ga chaqirtirilgan talaba söroq
qilinadi, bu ishi uchun jinoiy
javobgarlikka tortiladi.
Qissadan hissa shuki bunaqa
uydirmalarga ishonib eng buyuk boyligimiz, iymonimizdan
ayrilmaylik, boshimizga özimiz
musibat yog'dirmaylik, bir
munofiqning uydurmasiga
ishonmaylik va bunaqa xat
köpaytirish ishlarini töxtataylik. TAQDIR ALLOHNIKI, QAYODAGI
XATNIKIMAS...!
Iltimosim bu maqolani öqib döstu
burodarlaringizni ham
ogohlantiring, bunaqa bidatlarga
biz chek qöymasak kim chek qöyadi?
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев