Yaxshi kun bor, yomon kun bor bu boshda,
Sotqin sherik, ayyor ko'zlar bo'lmasin,
Mol do'sting boshqayu, jon do'sting boshqa,
Atrofingda soxta do'stlar bo'lmasin!
Hayot pastu baland, bebosh ko'chadir,
Gohi bir do'st tanlash og'ir kechadir,
Birga aytsang, minga siring ochadir,
Atrofingda soxta do'stlar bo'lmasin!
Omad kelsa, davlat kelsa xushyor bo'l,
Katta kichik sinovlarga tayyor bo'l,
Yordam so'rab kelgan jonga mador bo'l,
Atrofingda soxta do'stlar bo'lmasin.
Ishda boshqa, uyda boshqa vaziyat,
Minglab muammodan chekib aziyat,
Har soatda har xil bo'lar kayfiyat,
Atrofingda soxta do'stlar bo'lmasin.
Pul topsa shamolga sovurar nodon,
Chin do'st izlaganda adashma inson,
Yolg'on gap o'rtani buzarkan yomon,
Atrofingda soxta do'stlar bo'lmasin.
So'zlarini tingla Ahad Qayumni,
Yolg'onga to'ldirma ko'ngil uyingni,
Do'st tutin har doim topib tengingni,
Atrofingda soxta do'stlar bo'lmasin.
Yaxshi kun bor, yomon kun bor bu boshda,
Sotqin sherik, ayyor ko'zlar bo'lmasin,
Mol do'sting boshqayu, jon do'sting boshqa,
Atrofingda soxta do'stlar bo'lmasin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1