XX asrning 60 yillarida
Respublikamizda, ayniqsa,
Farg'ona vodiysida sanoat
korxonalarining rivojlanishi,
ishlab chiqarish quvvatlarining
ko'payishi hududda milliy
muhandis kadrlarga bo'lgan
talabning keskin oshishiga sabab
bo'ldi. Shu munosabat bilan
O'zbekiston Respublikasi Oliy va
o'rta maxsus ta’lim vazirligining
251-A buyrug'iga asosan 1967
yilda Toshkent politexnika
institutining Farg'ona filiali
bazasida mustaqil Farg'ona
politexnika instituti tashkil etildi.
Dastlab institutda 70 o'qituvchi-
xodimlar ishlagan bo'lib,
shundan 3 nafari fan nomzodi
ilmiy darajasiga ega bo'lgan.
Institutga Farg'ona neftni qayta
ishlash zavodi, "Azot" ishlab
chiqarish birlashmasi, 8-qurilish
trestiga qarashli binolardan
ajratib berildi. Qisqa vaqt ichida
bu binolar o'quv mashg'ulotlari
olib borish uchun moslashtirildi.
1967 yil avgust oyida institutga
birinchi marta "Sanoat va
fuqaro qurilishi", "Mashinasozlik
texnologiyasi" va "Energetika"
mutaxassisliklari bo'yicha qabul
amalga oshirildi.
Institutda ishlash uchun butun
mamlakatdan ilmiy-pedagogik
xodimlar, Toshkent politexnika
institutini bitirgan qobiliyatli yosh
mutaxassislar ishga taklif qilindi.
Yildan-yilga institut kengayib,
yangi kafedralar, fakultetlar
ochila bordi. Hozirgi kunda
institut Farg'ona shahrining
xushmanzara joyini makon
etgan, uning o'quv binolari,
yotoqxonalari, sport inshoatlari,
axborot resurs markazi, dam
olish, sihatgoh, madaniyat saroyi
- hammasi jamul jam bo'lib,
o'ziga xos talabalar
shaharchasini tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida institut
yanada kamol topdi, vodiyda
yagona texnika oliy o'quv yurti
bo'lib, zamon talablariga javob
bera oladigan, jahon
andozalariga mos muhandis
mutaxassislar yetishtiruvchi
o'quv maskaniga aylandi.
Institut
zamonaviy moddiy-
texnika bazasiga ega bo'lib,
yuqori darajada o'quv-uslubiy,
ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-
ma'rifiy faoliyat olib borish
imkoniyatiga ega. Farg'ona
politexnika instituti o'tgan davr
mobaynida 40 mingdan ortiq
yuqori malakali mutaxassislar
yetishtirdi. Institut o'zining 30
dan ortiq mamlakatlarda
faoliyat olib borayotgan sobiq
talabalari bilan faxrlanadi.
Mustaqillik yillarida hukumatimiz
tomonidan
ta’lim soxasiga katta
e’tibor berilmoqda, jumladan
Prezidentimizning 2011 yil 20
maydagi “Oliy ta’lim
muassasalarining moddiy –
texnik bazasini mustahkamlash
va yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash sifatini tubdan
yaxshilash chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 1533-sonli qaror
ijrosini ta’minlash yuzasidan
Farg’ona politexnika institutida
qator tizimli ishlar yo’lga
qo’yilib, 2013-2016 yillar
mobaynida institutning 9 ta
o’quv binosi, 4 ta talabalar turar
joylari, 2 ta sport zali, Axborot
resurs markazi, bosmaxona, 2 ta
talabalar oshxonasi, 6 ta xo’jalik
va yordamchi binolarini kapital
ta’mirlash, 1 ta sport zalini
qurish rejalashtirilgan. 2013 yilda
institut
bosh binosi hamda
galereya o’quv binolarida
kapital rekonstruksiya ishlari
yakunlandi. Xozirda esa
Mexanika, Energetika, Qurilish
fakultetlari o’quv binolari va 2-
talabalar turar joylarida kapital
ta’mirlash ishlari jadal sur’atlar
bilan olib borilmoqda.
Ishonch telefoni: +(99873)
241-12-06
Rektor qabulxonasi tel.:
241-12-01, 241-12-10
Sayt: http://ferpi.uz Email: info@ferpi.uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев