öquv kuni. Öquvchilar darsda ötirgan vaqtida
qizlardan biri anchagina katta miqdordagi
puli yöqolganligini aytib qoldi. Öqituvchi ayol
sinfda ög'ri öquvchi paydo bölganidan
nihoyatda g'azablandi. U xonadan hech kim
chiqmasligini va öquvchilarning sumkasini
bittama-bitta tekshirib chiqishini aytib qoldi.
Tekshirish birinchi qatordan boshlandi.
Öqituvchi asabiy holatda hammaning
sumkasini birma-bir nazoratdan ötkaza
boshladi. Shu vaqtda oxirgi qatorda ötirgan
qizlardan biri xavotirlana boshladi. U
nihoyatda hayajonlanar, qöllari titrar, hadik
bilan öqituvchiga tikilgancha öylardi: «Navbat
menga yetib kelganida nima qilaman?
Sumkamni ochib körishsa, sharmanda
bölamanku!»
Nihoyat öqituvchi uning qarshisiga yetib
kelganida, qiz juda bezovta, közlari mungli,
hadikdan qaltirab turardi. Öqituvchi undan
sumkasini ochib körsatishni söraganida, qiz
sumkasini berishdan bosh tortdi. Sinfda
g'ala-g'ovur kötarildi. Hammaning shu qiz
ög'ri ekanligiga ishonchi komil edi. Öqituvchi
bu safar baland ovozda qizdan sumkasini
berishni söradi. Qiz rad etgach, g'azablangan
öqituvchi uning yuziga tarsaki tushirdi va
nafrat bilan pichirladi: "Ög'ri!" Qizning
lablarining bir chetida qon izlari körindi,
yuzlariga yosh dumaladi.
Öqituvchi qizni maktab direktorining
xonasiga olib bordi. Direktor qizdan
sumkasini unga berishni qat'iy talab qildi. Qiz
sumkasini direktorga uzatarkan, yig'lagan
ovozda pichirladi: "...men... ilojsizlikdan...."
Direktor va öqituvchi sumkani ochib
körishdiyu bir muddat jim bölib qolishdi.
Sumkaning ichida bir nechta non bölaklari va
ovqat qoldiqlari bor edi.
Qiz mungli ovozda hammasini tushuntirdi:
«Меn sumkamni sinfdoshlarim oldida ochib
körsatishni xohlamadim. Ular menga past
nazar bilan qarashlaridan, ustimdan
kulishlaridan qörqdim. Меn doim
sinfdoshlarimdan ortib qolgan non bölaklari
va ovqat qoldiqlarini yig'ib yuraman. Uyga
borganimda esa onam, men va ukalarim
bularni birgalikda baham köramiz. Mening
otam ölgan... Onam kasal... Ukalarim och...
Bizning bundan boshqa tirikchiligimiz yöq..»
Ustozlarning yuziga yosh sizdi.
Qiz öksib yig'lar, yuzidagi tarsaki izi esa
qizarishni boshlagandi....!!!bek.uz&
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев