o`qing. Uyga
qaytganimda ayolim
kechki
ovqatga dasturxon
tuzayotgan
ekan. Uni qo`lidan tutib
yonimga
o`tkazdim va jiddiy gapim
borligini aytdim. U jim
o`tirib
meni tinglardi. Imkon
qadar
ko`zlariga qarab
gapirishga
urinardim, biroq ulardagi
o`g`riq
meni sozlashimni
qiyinlashtirardi.
Nafasimni jamlab keyingi
kunlarda ichimda o`ylab
yurganimni shart aytdim
qo`ydim: “Sen bilan
ajrashmoqchiman”.. Uni bu
so`zlarim hayratga
solmadi va u
sokinlik bilan “Nega?” deb
sababini so`radi. Javobdan
o`zimni olib qochdim,
unga bu
harakatim yoqmadi. Nima
deb
aytishim kerak edi?
Hotinimni
sevmay qo`ganimga
ancha
bo`lgan, hozir ko`nglim
butkul
Dilraboga tegishli. Ertasi
kuni
ishdan qaytganimda
hotinim
nimalarnidir yozib
o`tirgan edi.
Indamay kirib yotdim,
Dilrabo
bilan o`tgan kunim
ta`surotlarini
o`ylab shirin uyquga
ketibman.
Ertalab ayolim qo`limga
bir
parcha qog`oz tutkazdi.
Unda bir
shart yozilgan edi. U men
bilan
ajrashishga qarshilik
qilmasligini
va buning
evaziga mendan biroy
muddat
so`ragan edi. Shu bir oyni
baxtli
oiladek
o`tkazishimizni iltimos
qildi.
Sababini oddiygina
tushuntirdi.
Yaqinda o`g`ilchamiz
maktabga
borishi kerak edi va
yomon
ta`surotlar bilan o`qishni
boshlamasligini hohlardi.
Men
rozi bo`ldim. Uning yana
bir
kichkinagina sharti bor
edi.
Turmushimizning ilk
oyidek uni
har tongda
uy ichidan qo`llarimda
ko`tarib
eshik oldigacha olib
chiqishimni
so`radi. Ayolim ajrashish
oldidan
aqldan ozibdi degan hayol
keldiyu indamadim, shu
bilan
qutulsam mayli. Ayolimga
nisbatan hohish istagim
ham
yo`q edi, meni yana o`ziga
isitib
oladi desam. Begonani
ko`targandek ko`tarib
yurarman
bir oy. Birinchi kun g`alati
o`tdi.
O`g`lim bizni ko`rib
qiyqirib
yubordi: “Ada nega oyimni
ko`tarib oldiz?”. Hotinim
ajrashish
haqida zinhor
gapirmasligimni
iltimos qilganligi uchun
men
jilmayib qo`ya qoldim va
kocha
eshigigacha ko`tarib
bordim. U
ishga ketdi…
Har tong shunday o`ta
boshladi.
Har safar ayolimni
qo`limga
olarkanman qandaydir
iliqlik
paydo bo`layotgandek
tuyulardi.
Men o`zimni ishontirardim
boshqasini sevaman deb.
Dilraboni oldiga
oshiqardim. Bir
oy bo`lishiga ikki kun
qolganda
hotinim qandaydir
yengillik bilan
qo`llarimga o`zini
topshirdi.
Qo`llari bilan bo`ynimdan
quchib
boshini elkamga qo`ydi.
Orqadan
bizni kuzatayotgan
o`g`limizni
chaqirib yuzidan o`pdi. Biz
haqiqatda baxtli oiladek
edik.
Men har kungidan ham
mahkam
ko`tarib olgandim
ayolimni. Huddi
nikoh kunimizdek…
Ishxonamga
uchib kirdim. Hoziroq
borib
hammasini hal qilaman.
Qarshimdan chiqqan
Dilraboga
borini aytdim: “Men seni
sevmayman. Hotinim bilan
ajrashmayman”. Unin
javobi
yuzimga tushgan tarsaki
edi.
Yig`lab honasiga qulflanib
oldi.
Men esa yugurib ko`chaga
chiqdim va toza havodan
to`yib
nafas ola boshladim.
Go`yoki
sevib qolgan o`spirindek.
Yo`l-
yo`lakay bitta tort va
katta
guldasta oldim. Ayolim
sevadigan
gullardan. Ayolimdam
minnatdor
edim meni
yana oilasiga qaytara
olganiga.
Urish-janjalsiz chiroyli
yechim
topganiga. Men uni butun
umr
qo`limda ko`tarib
yurishimga
arziydi.
Yotoqxonamizga qayta
tug`ilgan
sevgi qanotlarida uchib
kirdim.
Ayolim
meni kutmabdi… Ishdan
qaytgunimcha joni uzilgan
ekan.
Men ko`zi ko`r shuncha
oydan
beri oilamdan uzoqlashib
ayolim
rak kasaliga
duchor bo`lganini
sezmabman
ham. U ham befarq eriga
dardini
aytgisi
kelmagan. Uning so`nggi
iltimosining maqsadi esa:
farzandimiz ko`z oldida
men o`z
ayolini va oilasini tashlab
ketgan
odam sifatida emas,
balki sevuvchi er va ota
sifatida
qolishimni istagan ekan,
hattoki
ketayotganida ham
yaqinlari
uchun harakat qilibdi…
Hayotda
pul yig`ish, mashina va uy
olish
g`amida yuramiz, biroq bu
tashvishlar deb
yaqinlarimiz bilan
munosabatlarni
unutmasligimiz kerak.
Hech kim
abadiy emas, kim oldin,
kim keyin
ketadi. Armonda
qolmaylik
doslar...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев