Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim Vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo
O‘xshashini topmasdim aslo.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston
Dostonlarda bitgan guliston –
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin;
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola,
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish,
Boshlanadi ijod va turmush.
Kundan - kunga o‘sadi paxta,
Barg chiqadi har bir daraxtda.
Olmazorlar gulin to‘kadi,
Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Shaharlarda ishga chiqib el,
Odam bilan to‘lar Tekstil.
Hammasining bir istagi bor,
Hammasi ham xursand, baxtiyor.
Bu o‘lkada har narsa bordir,
Ko‘rmaganlar doim humordir.
Amu bilan Sirdan suv ichgan,
Zarafshonni loylatib kechgan,
Chavandozlar bordir bu elda.
Bahor chog‘i pishqirgan selda,
Arg‘umoqlar qo‘shig‘i bordir:
Bu shundayin ajib diyordir.
Dalasida o‘smas tikonlar,
Cho‘llarida chopmas ilonlar;
Qush uchganda kuymas qanoti,
Odam o‘tsa qurimas zoti.
Chanqov qolib yo‘lovchi o‘lmas,
Har burchakda boshkesar
bo‘lmas.
Kulbalarni kelib bosmas qum,
Go‘daklarni yutmas och o‘lim,
Odamga baxt va tole` yordir –
Bu shundayin ajib diyordir.
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
Bunda qorning taglarida qish
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Bir o‘lkaki husnga boydir,
Uning eng zo‘r ko‘zgusi oydir;
Bir parcha o‘t bo‘lib bunda kun
Paxtasiga ishlaydi har kun.
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g‘azal yozadi,
Kuychilari o‘qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla,
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon. –
Bu shundayin ajib diyordir.
Shuning uchun tinchdir ul
ko‘ngil,
Shuning uchun osoyishdir ul.
Shuning uchun somonda
yotmas,
Shuning uchun sovuqda qotmas,
Yovlariga osmon tutundir,
Shuning uchun bag‘ri butundir.
Shuning uchun yopinmagay xas,
Shuning uchun kiyinar atlas.
Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin,
Shunday o‘lka elga yor bo‘lsin.
Omon bo‘lsin og‘aynilari,
Omon bo‘lsin do‘stlarning bari.
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 39
Qabring tomon olar edim yöl
Keltirarding menga bir zamon
Endi xar chog' men eltaman gul
Keldim...
Uzoq qoldim men sokin
Sening aziz boshingda yolg'iz
Osmon tiniq edi va lokin
Parcha bulut uchib keldi tez
Kökda sening boshingda turib
Göyo yuragimda qalqdi u
Közimdagi yoshimni körib
U xam tökdi yoshini duv-duv
Biz yig'ladik tepangda shu kun
Keldingmi deb kötarmading bosh
Aytchi sen-la baxtiyor onlar
Körganmiding közlarimda yosh.?
Hamid Olimjonga bag'iwlab yozgan.
Admin kimligini topsangiz menga ham ma'lum qiling, oldindan raxmat.
МЕНИНГ ЭНГ СЕВГАН ШОИРАЛАРИМ ОРАСИДА КИРОЛИЧАСИДИР!