Yulduzlar porlagan. Qiz
sevgilisining oldida. Bir-birlariga
termulib turishibdi. Yigit: "Jonim,
ertaga tug'ilgan kuningda
qanaqa gul sovg'a qilay?" Qiz
jilmayib: "Binafsha". Yigit hayron
bo'lib söradi: "Nega aynan
binafsha?" Qiz: "Chunki binafsha
nafis, chiroyli va mayin gul, men
binafshani juda ham yaxshi
köraman" Yigit ham pichirlab
qizning aytganlarini qaytardi:
nafis, chiroyli va mayin... Keyin
sevgilisini asta quchoqlab,
quloqlariga shivirladi: "Xo'p,
özimni binafshaginam". Qizni
ko'zlaridan ohista o'pdi..... ***
Oppoq libosli go'zal qiz. Ko'zlari
moviy rang. G'uncha lablari
körganni esdan og'diradigan
darajada. Hammaning ta'birida
baxt ostonasiga kirib kelayotgan
kelin. Ko'zlarida yosh. Dili vayron...
Shu on eshik taqilab kichkina
bola kirib keldi va kelinchakga
qarab buni sizga berib
yuborishdi dedi. Bir quchoq
binafsha gulini uning qo'liga
tutqazdi. Qiz binafshalarni
quchoqladi. Ularga qarab astoydil
yig'lay boshladi. Uni yig'lashdan
hech narsa to'xtata olmas,
binafshani quchib tiz cho'kib
yig'lardi... Xonani esa nozik,
chiroyli va mayin binafsha
gulining yoqimli ifori qamrab
olgandi.... *** Yigit ko'zlarida nam
bilan binafsha gulini terib,
sezdirmastan ko'm-ko'k darvozali
hashamatli uyning oldiga keldi.
Ostonaga gullarni sochdi va alam
bilan shivirladi: "Seni sog'indim,
binafshaginam..." Ko'm-ko'k
darvozaning narigi tarafida,
boshida ro'mol, chiroyli kelinchak.
Qo'lida supurgi. Binafshalar
iforini his qildiyu tiz cho'kkanicha
ohista shivirlardi: "Men
ham...." Manbaa:"O'qish uchun istoriyalar" Avtor: Flora
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1