Endi
yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib
yasha. Mushtni tugib-tugib yasha.
Chidab-chidab yasha. Yashashni
chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi
chida! Dunyo—chidaganniki!
Oxirigacha chida, Xudo bergan
kungacha chida!
HAYOTGA MUHABBAT
Ular oqsoqlanib soyga tomon
tushib borardilar. Hamrohlardan
biri, oldinda borayotgani toshloq
yerda qoqilib gandiraklab ketdi.
Ikkalasi ham charchab holdan
toygan va tishini-tishlariga qo’yib
taqdirga tan berganliklari
yuzlaridan ko’rinib turardi — bu
uzoq vaqt chekkan qiyinchiliklari
oqibati edi. Orqalaridagi qayish
bilan tortib bog’langan og’ir
yuklari yelkalarini ezardi.
Ikkalasida ham bittadan miltiq.
Ikkalasi ham bukchayib ko’zlarini
yerdan uzmay borardilar.
— Qani endi yashirib qo’ygan
joyimizdagi o’qlardan hozir
ikkitaginasi bo’lsa, — deb qo’ydi
ulardan biri.
Azbaroyi madorsizlikdan ovozi
zaif chiqdi. U judabehafsalalik
bilan gapirardi. Toshlarga urilib,
ko’piklanib oqayotgan sutdek
oppoq suvga endi oyoq bosgan
sherigi esa unga hech narsa deb
javob bermadi.
Ikkinchisi ham sherigi orqasidan
suvga tushdi. Suv muzdek sovuq
bo’lishiga qaramay ular oyoq
kiyimlarini yechmadilar. Suv shu
qadar sovuq ediki, oyoqlari
barmoqlarigacha uvishib qoldi.
Ba'zi joylarda suv tizzadan
kelardi. Shunda suv shi-tob bilan
urganda, ular o’zlarini tutohnay,
gandiraklab ketardilar.
Orqada kelayotgan yo’lovchi silliq
toshga tiyg’anib ketib, yiqilishiga
oz qoldi, og’riqdan qattiq ixrab
yubordi, ammo yiqilmadi. Boshi
aylandi, shekilh, munkib ketib,
xuddi havodan madad
so’raganday, bo’sh qo’lini oldinga
cho’zdi. o’zini o’nglab oldi-da,
oldinga qadam bosdi, lekin yana
toyib ketib, yiqilishiga sal qoldi.
Shundan keyin, to’xtab o’z
sherigiga qarab qo’ydi: sherigi
esa orqasiga ham qaramay,
hamon oldinga qarab ketmoqda
edi.
Orqada qolgan bir narsani
o’ylagandek birpas qimirlamay
turdi, keyin:
— Menga qara, Bill, oyog’imni
chiqarib oldim, shekilli! — deb
qichqirdi.
Bill oyoqlarini sudrab, sutdek
oppoq suvdan kechib borardi. U
orqasiga biror marta ham
qayrilib qaramadi. Sherigi uning
orqasidan qarab turardi. Uning
yuzi avvalgidek hech narsani
ifoda qilmasa-da, ko’zlarida
yaralangan bug’u singari chuqur
qayg’u ifodasi aks etdi.
Mana Bill qarshi qirg’oqqa o’tib
oldi-da, kalovlanib yurib ketdi.
Suvning o’rtasida turgan
hamrohi undan ko’zini olmay
qarab turdi. Uning lablari shu
qadar titrar ediki, o’siq sariq
mo’ylovi uchib-uchib ketardi. U
tilining uchi bilan qovjiragan
lablarini bir yalab oldi-da:
— Bill! — deb qichqirdi.
Bu falokatga yo’liqqan odamning
jon achchig’idagi qichqirig’i edi,
ammo Bill qayrilib ham qaramadi.
Ketib qolgan sherigining
orqasidan uzoq vaqt qarab turdi:
sherigi lapanglab, oqsoqlanib,
qoqinib-suqilib, tepalikda
ko’ringan egri-bugri chiziqlar
tomon asta-sekin ko’tarilib
borardi. Bill to tepalikni oshib,
ko’zdan g’oyib bo’lguncha,
sherigi orqasidan qarab turdi.
Shundan keyin u tarafdan ko’zini
uzdi-da, Bill ketgandan keyin
yolg’iz o’zi qolgan yerni bir-bir
ko’zdan kechirib chiqdi.
U butun og’irligini bir oyog’iga
sohb turib, soatini oldi, soat to’rt
edi. So’nggi ikki hafta ichida u
hisobni yo’qotib qo’ydi: iyulning
oxiri yoki avgustning boshlari
bo’lganligi sababli quyosh
shimol-g’arbda bo’lishi kerak edi.
U janub tomonga qaradi. Mana
shu ko’rimsiz tepalik orqasida,
allaqayerdadir, Katta Ayiq ko’h
bor, xuddi o’sha tomonda
Kanada sahrosidan mudhish
Shimoliy Qutb doirasi o’tadi, deb
o’ylab qo’ydi. U turgan soy
Kappermayn daryosining irmog’i,
Kappermayn esa shimol tomonga
oqib, Koronatsiya ko’rfaziga,
Shimoliy Muz dengiziga quyiladi.
Uning o’zi u yerlarga hech
qachon bormagan, lekin buning
hammasini Gudzon ko’rfazi
kompaniyasining kartasida
ko’rgan edi.
U o’zi yolg’iz qolgan joyini yana
bir marta ko’zdan kechirdi.
Tevarak-atrof jimjit, ko’rimsiz edi.
Na daraxt, na buta, na o’t-o’lan
ko’rinadi — poyonsiz va
dahshath sahrodan boshqa hech
narsa yo’q. Uning ko’zlarida
qo’rquv ifodalari ko’rindi.
— Bill! — deb pichirladi. — Bill!
— deb takrorladi u yana ketidan.
Poyonsiz sahro go’yo qudratli
kuchi bilan bosayotganday,
o’zining mudhish sokinligi bilan
ezayotganday bo’ldi: u loyqalanib
oqayotgan soy o’rtasida
cho’qqayib o’tirib qoldi. U xuddi
bezgak tutayotgandek qaltirab
ketdi, shu payt miltig’i shalp etib
suvga tushdi. Bu uni o’ziga
keltirdi. U qo’rquvni yengib, es-
hushini yig’di, keyin qo’lini suvga
tiqib, piypasladi-da, miltig’ini
topdi. So’ng mayib oyog’iga
og’irlik kamroq tushsin deb,
yukni chap yelkasiga oldi-da,
og’riqdan basharasini burishtirib,
juda ehtiyothk bilan asta-sekin
qirg’oqqa tomon yurdi.
U to’xtamay yuraverdi. Og’riqqa
sira parvo qilmay, Bill oshib
o’tgan tepalik ustiga shosha-
pisha dadil chiqaverdi. Tepalikka
chiqib qarasa, vodiyda hech kim
ko’rinmadi. Uni yana qo’rquv
bosdi, keyin qo’rquvni yengib,
qopini chap yelkasiga yana ham
ko’proq surib, oqsoqlanib-
oqsoqlanib pastga tusha
boshladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
bo’lib, chimliq jiqqa suv edi. U har
qadam bosganda suv sachrar,
nam chimliqdan oyog’ini har
ko’targanda, shalop-shulip etgan
tovush chiqardi. U Billning izidan
yurishga intilib, ko’loblarni
aylanib o’tar yoki chimliqlarda
xuddi orol singari cho’qqayib
turgan toshlar ustidan borardi.
U yolg’iz qolgan bo’lsa ham
yo’Idan adashmadi. Yana bir oz
yurgandan keyin atrofini
pastakkina, nimjon, quruq pixta
va archalar o’rab olgan kiclikina
Titchinichili ko’Iiga yetib
borishini bilardi, bu ko’lning
nomi mahalliy tilda «Kichik
og’ochlar o’Ucasi» degan
ma'noni anglatardi. Shu ko’lga bir
ariq kelib quyiladi, suvi ham loyqa
emas. Ariq bo’ylarida qamish
o’sadi. Buni u yaxshi eslaydi —
lekin u yerda daraxt yo’q. Shu
yerdan g’arbga tomon boshqa
bir ariq oqadi, shu ariq yoqalab u
Diz daryosiga qadar boradi.
Xuddi o’sha yerda to’nkarib,
ustiga tosh bostirib qo’yilgan
qayiqni topadi. U qayiqning
ostida miltiq o’qi, qarmoq,
qarmoq iplari, ki...ЕщёVodiyning pastligi chalchiqzor
bo’lib, chimliq jiqqa suv edi. U har
qadam bosganda suv sachrar,
nam chimliqdan oyog’ini har
ko’targanda, shalop-shulip etgan
tovush chiqardi. U Billning izidan
yurishga intilib, ko’loblarni
aylanib o’tar yoki chimliqlarda
xuddi orol singari cho’qqayib
turgan toshlar ustidan borardi.
U yolg’iz qolgan bo’lsa ham
yo’Idan adashmadi. Yana bir oz
yurgandan keyin atrofini
pastakkina, nimjon, quruq pixta
va archalar o’rab olgan kiclikina
Titchinichili ko’Iiga yetib
borishini bilardi, bu ko’lning
nomi mahalliy tilda «Kichik
og’ochlar o’Ucasi» degan
ma'noni anglatardi. Shu ko’lga bir
ariq kelib quyiladi, suvi ham loyqa
emas. Ariq bo’ylarida qamish
o’sadi. Buni u yaxshi eslaydi —
lekin u yerda daraxt yo’q. Shu
yerdan g’arbga tomon boshqa
bir ariq oqadi, shu ariq yoqalab u
Diz daryosiga qadar boradi.
Xuddi o’sha yerda to’nkarib,
ustiga tosh bostirib qo’yilgan
qayiqni topadi. U qayiqning
ostida miltiq o’qi, qarmoq,
qarmoq iplari, kichik bir to’r,
umuman, ovqat topish uchun
zarur bo’lgan narsalarning
hammasi yashirib qo’yilgan.
Bundan tashqari, o’sha yerda oz
bo’lsa ham un, bir parcha go’sht,
loviya ham bor.
Bill uni o’sha yerda kutib turadi,
keyin ikkisi Diz daryosi bUan
Katta Ayiq ko’liga boradUar,
undan keyin ko’Idan o’tib
janubga, to Makkenzi daryosiga
yetib olguncha, janubga qarab
boraveradUar. Janubga, hamma
vaqt janubga qarab
boraveradilar, qish esa ularni
quvib boradi. Tez oqar soy va
jUg’alar muz bUan qoplanadi,
sovuq tushadi, ularesajanubga,
Gudzon ko’rfazidagi
faktoriyalardan biriga yetib
oladilar, u tomonlarda baland-
baland azamat daraxtlar o’sadi va
oziq-ovqat ham istagancha
topUadi.
yo’lovchi mana shular haqida
o’ylar edi. Lekin yurish qanchalik
og’ir bo’lmasin, Bill uni yolg’iz
tashlab ketmaydi, degan fikrga
ishonish undan ham qiyin edi. Bill
hech shubhasiz uni narsalar
yashirUgan joyda kutib o’tiradi. U
shunday deb o’ylashi kerak, aks
holda bundan keyin kurashni
davom ettirishning hech hojati
yo’q — unda oyoqni cho’zish-u,
o’lib qo’ya qolishdan boshqa iloj
yo’q. Quyoshning xira gardishi
shimoli g’arb tomonga sekin-asta
yashirinayotgan qishdan qochib,
janub tomonga qo’yiladigan har
qadamini bir necha bor hisoblab
chiqdi. U narsalar yashirilgan
joydagi va Gudzon
kompaniyasining omboridagi
oziq-ovqat zapasini qayta-qayta
o’z xayolidan kechirdi. Ikki
kundan beri u hech narsa yegani
yo’q, lekin undan ilgari ham to’yib
ovqat yemagan edi. U tez-tez
egilib, rangsiz botqoq mevalarini
uzib og’ziga solar va chaynab
yutib borardi. Mevalar juda
sersuv, suvi ichiga ketib, og’zida
faqat taxir va qattiq urug’largina
qol...ЕщёZo’rg’a sudralib borayotgan
yo’lovchi mana shular haqida
o’ylar edi. Lekin yurish qanchalik
og’ir bo’lmasin, Bill uni yolg’iz
tashlab ketmaydi, degan fikrga
ishonish undan ham qiyin edi. Bill
hech shubhasiz uni narsalar
yashirUgan joyda kutib o’tiradi. U
shunday deb o’ylashi kerak, aks
holda bundan keyin kurashni
davom ettirishning hech hojati
yo’q — unda oyoqni cho’zish-u,
o’lib qo’ya qolishdan boshqa iloj
yo’q. Quyoshning xira gardishi
shimoli g’arb tomonga sekin-asta
yashirinayotgan qishdan qochib,
janub tomonga qo’yiladigan har
qadamini bir necha bor hisoblab
chiqdi. U narsalar yashirilgan
joydagi va Gudzon
kompaniyasining omboridagi
oziq-ovqat zapasini qayta-qayta
o’z xayolidan kechirdi. Ikki
kundan beri u hech narsa yegani
yo’q, lekin undan ilgari ham to’yib
ovqat yemagan edi. U tez-tez
egilib, rangsiz botqoq mevalarini
uzib og’ziga solar va chaynab
yutib borardi. Mevalar juda
sersuv, suvi ichiga ketib, og’zida
faqat taxir va qattiq urug’largina
qolardi. Bu mevalar qorin
to’yg’izmasligini u bilardi,
shunday bo’lsa ham ularni sabr
bilan chaynar, chunki umid
achchiq haqiqat hilan
hisoblashishini istamas edi.
Soat to’qqizlarda u oyog’ining
katta barmog’ini o’tkir tosh
qirrasiga urib oldi. Charchoq va
darmonsizlikdan gandiraklab,
yiqilib tushdi, Bir yonboshiga
ag’nab, anchagacha qimirlamay
yotdi. Bir ozdan keyin orqasidagi
qop qayishini yelkasidan
chiqarib, ixrab-ixrab o’tirib oldi.
Hali uncha qorong’i tushganicha
yo’q edi, g’ira-shirada toshlar
orasini paypaslab, quruq xas-
cho’p yig’a boshladi. Bir tutam
xas-cho’p yig’ib, o’t yoqdi, keyin
kotelokka suv solib, burqsib
yonayotgan o’tga qo’ydi.
U qopini ochib hammadan burun
gugurtlarni sanab ko’rdi.
Hammasi bo’lib oltmish yetti
dona gugurt cho’pi bor edi. U
yanglishgan bo’lmay, deb gugurt
cho’pini uch marta sanab chiqdi.
Gugurtni uch bo’lakka ajratib, har
bir bo’lagini bir qog’ozga o’radi.
Bir bo’lagini bo’sh hamyonga
solib qo’ydi, ikkinchisini ohori
to’kilgan shapkasining astariga
tiqdi, uchinchisini esa ko’kragiga
yashirib qo’ydi. Shundan keyin
uni birdan qo’rquv bosdi: uch
bo’lak gugurtni yana qaytadan
ochib sanab ko’rdi. Gugurt
cho’plari avvalgidek oltmish yetti
dona edi.
mokasini julduri chiqib ketgan,
odeyaldan tikilgan paypoqlari
teshik, oyoqlari bo’lsa qontalash
bo’lib ketgandi. To’pig’i shishib,
xuddi tizzasidek yo’g’on bo’lib
ketgandi. U odeyallardan
bittasining chetidan uzun qilib
yirtib oldi-da, to’pig’ini mahkam
siqib bog’ladi. Keyin yana bir
necha parcha yirtib, mokasini va
paypoq o’rnini bosar deb,
oyog’iga aylantirib o’radi-da,
qaynagan suvdan ichib oldi,
soatni buradi, so’ng odeyalga
o’ranib yotdi.
U dong qotib uxladi. Yarim tunga
borib qorong’i tushdi, lekin bu
uzoqqa cho’zilmadi. Sharq-
shimoldan quyosh ko’tarildi,
to’g’rirog’i, o’sha tomondan tong
yorisha boshladi, chunki quyosh
yuzini quyuq tuman qoplagan
edi. Soat oltida u chalqancha
holda uyqusidan uyg’ondi,
kulrang osmonga qaradi va och
qolganini sezdi. Tirsagiga
suyanib, qaddini ko’targan edi,
qulog’iga qattiq pishqirgan
tovush eshitildi. Qarasa, unga
hushyorlik va qiziqish bilan bir
bug’u qarab turibdi. Bug’u undan
...ЕщёOyoq kiyimini o’tga tutib quritdi,
mokasini julduri chiqib ketgan,
odeyaldan tikilgan paypoqlari
teshik, oyoqlari bo’lsa qontalash
bo’lib ketgandi. To’pig’i shishib,
xuddi tizzasidek yo’g’on bo’lib
ketgandi. U odeyallardan
bittasining chetidan uzun qilib
yirtib oldi-da, to’pig’ini mahkam
siqib bog’ladi. Keyin yana bir
necha parcha yirtib, mokasini va
paypoq o’rnini bosar deb,
oyog’iga aylantirib o’radi-da,
qaynagan suvdan ichib oldi,
soatni buradi, so’ng odeyalga
o’ranib yotdi.
U dong qotib uxladi. Yarim tunga
borib qorong’i tushdi, lekin bu
uzoqqa cho’zilmadi. Sharq-
shimoldan quyosh ko’tarildi,
to’g’rirog’i, o’sha tomondan tong
yorisha boshladi, chunki quyosh
yuzini quyuq tuman qoplagan
edi. Soat oltida u chalqancha
holda uyqusidan uyg’ondi,
kulrang osmonga qaradi va och
qolganini sezdi. Tirsagiga
suyanib, qaddini ko’targan edi,
qulog’iga qattiq pishqirgan
tovush eshitildi. Qarasa, unga
hushyorlik va qiziqish bilan bir
bug’u qarab turibdi. Bug’u undan
ellik qadamcha narida turardi.
Shu ondayoq tovada jizillab
qovurilayotgan bug’u go’shtining
hidi dimog’iga urilgandek, o’zi
go’sht mazasini totgandek bo’ldi.
Beixtiyor o’qi yo’q miltig’ini olib
o’qtaldi, tepkisini bosib yubordi.
Bug’u cho’chib bir chekkaga
tashlandi va tuyoqlarini tapillatib
qochib ketdi.
U so’kinib, miltig’ini uloqtirib
tashladi, ixrab-ixrab o’rnidan
turishga urinib ko’rdi, ancha
uringandan keyin zo’rg’a turib
oldi. Bo’g’inlari xuddi zanglab
qolgandek edi, qaddini rostlash
yoki bukish juda mashaqqatli edi.
Nihoyat u oyoqqa bosgandan
keyin ham odamga o’xshab tik
turib olish uchun rosa bir
minutcha urindi.
U chog’roq bir tepalik ustiga
chiqib, atrofga nazar tashladi.
Bo’z rang chimliq dengizdan
boshqa hech narsa — na daraxt,
na biron buta — hech narsa
ko’rinmasdi. Osmon bo’z rangda
edi. Quyosh na nur sochadi, na
yilt etgan shuiasini ko’rsatadi. U,
shimol qayoqda ekanini, kecha
kechquran bu yerga qaysi
tomondan kelganini esiay olmadi.
Lekin u yo’ldan adashmagan edi.
Buni u yaxshi bilardi. U tezda
Kichik og’ochlar o’lkasiga yetib
oladi. U o’lka shu yaqin orada,
chap tomonda bo’lishi kerak,
ehtimol xuddi mana shu ko’rinib
turgan tepalikning narigi
tomonidadir.
U tepalikdan qaytib tushib, yo’lga
otlandi. Tugunini tugdi, uch
bo’lak qilib yashirgan gugurtlari
turibdimi, yo’qmi, deb paypaslab
ko’rdi, lekin sanab o’tirmadi. U
bug’uning terisidan tikilgan
xaltachaga qarab turib, xayol
surib qoldi. Xalta uncha katta
emas, ichidagi narsalari bilan bir
hovuch kelardi. Lekin og’irligi o’n
besh qadoq bo’lib, boshqa
yukning og’irligidan qolishmasdi,
— uni mana shu tashvishga
solardi. U xaltani bir tomonga
surib qo’yib, boshqa narsalarni
o’ray boshladi. Keyin xaltachaga
qaradi-da, uni shartta qo’liga oldi,
xuddi sahro uning qo’lidan
oltinni tortib olayotgandek,
atrofga xo’mrayib qaradi. Yana
o’rnidan turib yo’lga tushganda,
boshqa narsalar qatori xaltacha
ham uning orqasida edi.